Kerch yarim oroli - Krim yarim orolning sharqiy qismi. Shimoliyda Azov dengizi, sharqda Kerch boʻgʻozi, jan.da Qora dengiz bilan oʻralgan. Gʻarbda eni 17 km li boʻyin bilan Qrim yarim orolga tutashgan. Mayd. qariyb 3 ming km2. Shim.-sharqiy qismi ohaktosh, gil va qumtoshlardan tuzilgan tepalik (bal. 190 m gacha). Balchiqli vulkanlar koʻp. Jan.-gʻarbiy qismi tekislik boʻlib, asosan, uchlamchi davr gillaridan tarkib topgan. Kashtan tuproklar tarqalgan. Iqlimi quruk. dasht iqlimi. Yillik yogʻin 500 mm. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi —1,5°, iyulniki 23,5°. Kerch yarim orolda Kerch temir ruda havzasi joylashgan.[1]



Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil