Kermondagi terakt (2024)
Kermondagi terakt – 2024-yil 3-yanvar kuni Eronning Kermon shahrida IISK sobiq generali Qosim Sulaymoniy oʻlimining toʻrt yilligi xotirasiga bagʻishlangan dafn marosimi chogʻida sodir boʻlgan. Terakt Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yaqinida masofadan turib boshqariladigan portlovchi qurilma orqali amalga oshirilgan. Ushbu terakt natijasida 91 kishi halok boʻlgan hamda 284 nafar odam jarohatlangan[1].
Kermondagi terakt | |
---|---|
Joylashgan | Kermon |
Sana |
3-yanvar, 2024-yil 15:50–16:00 ESV (UTC+3:30) |
Hujum turi |
terakt |
Qurol | portlovchi moslama |
Halok boʻlganlar | 91 |
Jarohat olganlar |
284 |
Tarixi
tahrir2024-yil 3-yanvar kuni IIQK sobiq generali Sulaymoniyning vafotiga toʻrt yil boʻlishi munosabati bilan u dafn qilingan Golzar Shohada qabristonini ziyorat qilish maqsadida bir necha minglab odamlar yigʻiladi. Olamon Sulaymoniyning qabri tomon ketayotgan chogʻida ikki portlash sodir boʻladi. Birinchi portlash Sulaymoniy qabridan 700 metr masofada joylashgan avtoturargoh yaqinida, ikkinchi portlash esa bir kilometr uzoqlikdagi Shohada koʻchasida sodir boʻlgan. Ikkinchi portlash sodir boʻlganda odamlar birinchi portlashdan keyin qochib ketayotgan boʻlishgan. Portlashlar 10-15 daqiqa oraliqda sodir boʻlgan. Eron matbuoti xabarlariga koʻra, hujum qabristonga kiraverishda qoʻyilgan sumkalardagi ikkita masofadan boshqariluvchi bomba yordamida amalga oshirilgan. Baʼzi guvohlarning taʼkidlashicha, bombalardan biri axlat qutisiga joylashtirib qoʻyilgan boʻlgan. Kermon viloyati gubernatori oʻrinbosari voqeani terakt ekanligini maʼlum qildi.
Terakt oqibatida 91 kishi halok boʻldi va yana kamida 284 kishi jarohat oldi, jumladan, birinchi portlashda voqea joyiga yetib kelgan uch nafar tibbiyot xodimi ikkinchi portlashda halok boʻlgan. Halok boʻlganlarning aksariyati ikkinchi portlashdan keyingi vafot etgan va vahima boshlangach oyoq ostida qolib ketgan.
4-yanvar payshanba kuni Eronda motam kuni deb eʼlon qilindi[2].
Munosabat
tahrirEron prezidenti ushbu teraktni buyurtmachi va ijrochilari topilib, jazolanishini maʼlum qildi[2]. Davdep AQShning ushbu teraktga hech qanday aloqasi yoʻqligini maʼlum qildi[3]. YI Eronning Kermon shahridagi teraktni qattiq qoraladi va aybdorlarni javobgarlikka tortilishi kerakligi toʻgʻrisida bayonat berdi[4]. Shuningdek Germaniya TIV ham ushbu teraktni qoraladi[5].
Hamdardlik
tahrirPutin teraktning fojiali oqibatlari munosabati bilan Eron rahbariyatiga chuqur hamdardlik bildirdi[6].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „انفجار در مسیر منتهی به گلزار شهدای کرمان/ ۱۰۳ شهید تا این لحظه + فیلم و تصاویر“ (ir). yjc.ir. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ Сотников, Даниил „Евросоюз осудил теракт в Иране“ (ru). dw.com. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
- ↑ „Yevroittifoq Erondagi teraktni qoraladi“. kun.uz. Qaraldi: 28-noyabr.
- ↑ RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida