Keudenbay Karibayev
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Keudenbay Keudenbay (1931.12.11, Beruniy tumani — 2002.18.4, Toshkent) — zootexnik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1984), professor (1986). Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1954). Nukus qishloq xoʻjaligi texnikumida (1954—56), Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida oʻqituvchi (1956—59). 1964-yildan Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutichorva hayvonlarini oziqlantirish va ozuqalar texnologiyasi boʻlimi mudiri. Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligi hayvonlarini oziqlantirish, ozuqalar sifatini yaxshilash texnologiyalari, paxta shulxasini briketlash, somonni siloslash, tabiiy gilmoyalardan chorva mollari hamda parrandalar ratsionida foydalanish va b. masalalarga bagʻishlangan.[1]
Manbalar
tahrir- Korma: rezervi i ix ispolzovaniye, T., 1986; Texnologiya prigotovleniya kormov i puti uluchsheniya ix kachestva, T., 1993; Qishloq xoʻjaligi hayvonlarini oziqlantirish, T., 1999.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |