Khan Academy

2006-yilda Salman Khan tomonidan tashkil etilgan “bepul onlayn taʼlim barcha uchun va hamisha” shiori ostida faoliyat olib boruvchi nodavlat-notijorat tashkilot

Khan Academy — Amerikaning notijorat taʼlim tashkiloti boʻlib[2], u 2006-yilda Sal Khan tomonidan talabalarni oʻqishga yordam beradigan onlayn vositalar toʻplamini yaratish maqsadida tashkil etilgan[3]. Tashkilot video shaklida qisqa darslarni tayyorlaydi[4]. Uning veb-saytida qoʻshimcha mashqlar va oʻqituvchilar uchun materiallar mavjud. Barcha manbalar veb-sayt va ilova foydalanuvchilari uchun bepul taqdim etilgan.

Khan Academy
Sayt turi 501 (c)(3)
Qaysi tillarda Ingliz (asosiy)
Ochilgan sanasi 2006
Alexa reytingi 359 (Aprel 2020)[1]

Veb-sayt va uning tarkibi asosan ingliz tilida taqdim etilgan, ammo boshqa: arab, arman, ozarbayjon, bengal, bolgar, xitoy, chex, dat, golland, fransuz, gruzin, nemis, gujarot, ibron, hind, indonez., italyan, yapon, koreys, Norveg, polyak, portugal (Braziliya va Yevropa), serb, ispan, shved, tamil, telugu, turk, urdu va oʻzbek tillarida ham mavjud.

Tarixi

tahrir
 
Sal Khan 2011-yil TEDda chiqish qilyabdi

Tashkilot 2008-yilda Salman Khan oʻz qarindoshlaridan birini matematikadan oʻqitish maqsadida Yahoo! Doodle Images dasturi orqali darslarni joʻnatgan paytida boshlangan[5]. Biroz vaqtdan soʻng, Khanning boshqa amakivachchalari uning repetitorlik xizmatidan foydalanishni boshlashdi. Talab tufayli, Khan oʻz videolarini Internetda ham koʻrish imkoniyatini yaratishga qaror qildi, shuning uchun u oʻz videodarslarini YouTube-ga joyladi[6]. Keyinchalik u SmoothDraw deb nomlangan rasm dasturidan foydalangan (hozirda ArtRageʼdan foydalanib rasm chizish uchun Wacom planshetidan foydalanadi). Video darslar uning kompyuterida yozib olingan edi[7].

Ijobiy javoblar Khanni 2009-yilda ishdan ketishga va darslarga (keyinchalik Khan Academy nomi bilan tanilgan)[8] toʻlaqonli eʼtibor berishga undadi. Salman Khan tomonidan 2014-yil 15-sentabrda Kaliforniyada Khan Lab maktabi ochildi[9]. 2017-yil iyun oyida Khan Academy kollej bitiruvchilari, ish qidiruvchilar va yosh mutaxassislar uchun moliyaviy savodxonlik boyicha videodarslarni namoyish etdi.

Moliyalashtirish

tahrir

Khan Academy 501 (c)(3) notijorat tashkilot boʻlib, asosan xayriya tashkilotlari xayr-ehsonlaridan moliyalashtiriladi[8]. 2010-yilda Google oʻzining „10 100“ dasturi doirasida yangi kurslar yaratish va kontentni boshqa tillarga tarjima qilish uchun 2 million dollar ajratdi[9]. 2013-yilda, Karlos Slim (Meksikadagi Karlos Slim fondi), videolarni ispan versiyalarini yaratish uchun xayriya qildi[10]. 2015-yilda AT&T Khan Academyga ilovalar orqali kirish mumkin boʻlgan kontentning mobil versiyalari uchun 2,25 million dollar miqdorida xayriya qildi[11]. Khan Academyning AQSh Ichki daromad xizmatiga topshirgan maʼlumotiga koʻra, Salman Khanning 2015-yilda yillik maoshi 800 ming dollarni tashkil etgan[12]. 2013-yilda sobiq prezident va COO Shantanu Sinha ham 375 ming dollardan ortiq kompensatsiya olgan[13]. 2018-yilda Salman Khanning yillik maoshi 824 ming dollarni tashkil qildi. COO Jini Li maoshi 700 ming dollarni tashkil qildi[14].

Tarkibi

tahrir

Khan Academyning veb-sayti asosan YouTubeda joylashtirilgan videolarda yaratilgan shaxsiy oʻquv tajribasini taqdim etishga qaratilgan. Veb-sayt oʻz videolariga qoʻshimcha sifatida ishlatilishi kerak, chunki u boshqa narSalmanarni, maSalmanan, oʻzlashtirishni kuzatish, mashqlarni sinab koʻrish[15] va boshqa oʻqitish vositalarini oʻz ichiga oladi[16]. Shuningdek, materiallarga mobil ilovalar orqali ham kirish mumkin[17].

Videolarda elektron doskaga chizilgan rasmlar yozilgan boʻlib, ular oʻqituvchining dars berish uslubiga oʻxshashdir. Hikoyachi har bir rasmni va ular oʻqitilayotgan material bilan qanday bogʻliqligini tasvirlaydi[18][19]. Notijorat guruhlar videolarning oflayn nusxalarini Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikaning qishloq joylariga tarqatishgan[20][21][22]. Videolar maktabdagi barcha mavzular va bolalar bogʻchasidan boshlab oʻrta maktabgacha boʻlgan barcha sinflar uchun moʻljallangan. Shuningdek, Khan Academyning vebsayti Crash Course va Museum of Modern Art kabi bir qator YouTube taʼlim kanallari uchun platforma vazifasini oʻtaydi[23]. Shuningdek, u SAT va MCAT[24] va 2018-yilda chiqarilgan LSAT tayyorgarlik darslarini oʻz ichiga olgan standart testlarga tayyorgarlik koʻrish uchun onlayn kurslarni ham taqdim etadi[25]. Khan Academy, shuningdek, Code.org ning „Dasturlash soati“ kursini qoʻllab-quvvatlagan holda oʻz vebsaytida dasturlash darslarini ham taqdim etadi[26].

2017-yil iyul oyida Khan Academy College Board’s Advanced Placement ning rasmiy hamkoriga aylandi[27].

Til mavjudligi

tahrir

Khan Academyning videolari bir necha tillarga tarjima qilindi, 20 mingga yaqin subtitrli tarjimalar ham mavjud. Ushbu tarjimalar asosan xalqaro hamkorlik yordamida koʻngillilar tomonidan yaratilgan[28][29]. Khan Academy platformasi Ingliz (en), Bangla (bn), Bolgar (bg), Xitoy (zh), Fransuz (fr), Nemis (de), Gruzin (ka), Norveg (nb), Polyak pl) Portugal (pt), Ispan (es), Serb (sr), Turk (tr) va Oʻzbek (uz) tillarida toʻliq[30] va 28ta boshqa tillarda qisman mavjud[31].

Rasmiy SAT amaliyoti

tahrir

2015-yildan beri Khan Academy SAT amaliy vebsayti hisoblanadi. Tahlillarga koʻra, Khan Academyda SAT mashqlarini 20 soat davomida oʻqish oʻrtacha 115 balli oʻsishga yordam berishi mumkin[32].

Pixar in a Box

tahrir

2015-yilda Khan Academy Pixar bilan hamkorlikda Pixar in a Box nomli yangi kursni yaratdi, u maktabda oʻrganilgan koʻnikmalar Pixarda ijodkorlarga qanday yordam berishini oʻrgatadi[33].

Khan Academy bolalar uchun

tahrir

2018-yilda Khan Academy Khan Academy Kids deb nomlangan dastur yaratdi. Ikki yoshdan olti yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan dastur, ularga maktabga borishdan oldin kerak boʻladigan asosiy koʻnikmalarni (asosan matematika va til sanʼati) oʻrgatish uchun moʻljallangan.

Tanqid

tahrir

Khan Academy tanqidchilari, uning yaratuvchisi Salman Khanni rasmiy maʼlumoti yoki pedagogikada malakasi yoʻqligi sababli tanqid qiladi[34][35]. Bir nechta videolardagi bayonotlar, ayniqsa tarix sohasida, ularning texnik toʻgʻri yoki notoʻgʻriligi shubha ostiga olingan. Ushbu tanqidlarga javoban tashkilot oʻz videolaridagi xatolarni tuzatdi, fakultetini kengaytirdi va 200 dan ortiq kontent boʻyicha mutaxassislar tarmogʻini shakllantirdi[36].

Salman Khan 2016-yilning yanvar oyidagi intervyusida Khan Academyning onlayn maʼruzalarning ahamiyatini cheklanganligi tan olgan holda: „Men onlayn taʼlimni qimmatli deb oʻylayman, ammo men hech qachon ular qandaydir tarzda toʻliq taʼlim beradi deb ayta olmayman“[37]. Khan Academy oʻzini oʻqituvchilarning anʼanaviy maʼruzalardan ozod qilishi va talabalarning individual ehtiyojlariga moslashishi uchun koʻproq vaqt berish orqali samaradorligini oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan holda oʻzini sinf ichidagi oʻqishga qoʻshimcha platforma sifatida baholaydi[38].

Sovrinlari

tahrir

Khan Academy AQShda ham xalqaro miqyosda tan olingan:

  • 2012-yil aprel oyida Khan Academyning asoschisi va ijrochi direktori Salman Khan TIMEning 2012-yildagi eng obroʻli 100 kishisi qatoriga kiritildi.
  • Khan 2014-yilda Heinz mukofotining besh nafar sovrindorlari qatoridan joy oldi. U ushbu mukofotga „Inson turmush-tarzi“ sohasidagi qilgan ishlari uchun sazovor boʻldi[39].
  • 2016-yilda Khan Academy taʼlim sohasidagi eng yaxshi platforma sifatida tan olinib Shorty mukofotiga ega chiqdi[40].

Manbalar

tahrir
  1. „Khan Academy Traffic, Demographics and Competitors“ (inglizcha). www.alexa.com. 12-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2020-yil.
  2. „Nonprofit Explorer – ProPublica“. ProPublica. Qaraldi: 7-noyabr 2015-yil.
  3. „One Man, One Computer, 10 Million Students: How Khan Academy Is Reinventing Education“. Forbes. Qaraldi: 7-noyabr 2015-yil.
  4. Sampson, Demetrios G.. Digital Systems for Open Access to Formal and Informal Learning. Springer, 17-iyul 2014-yil. ISBN 9783319022642. 
  5. de Bertodano, Helena. „Khan Academy: The man who wants to teach the world“ (28-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 27-sentabr 2018-yil.
  6. Dreifus, Claudia. „Salman Khan Turned Family Tutoring Into Khan Academy“ (27-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2015-yil.
  7. Khan Academy: The future of education?. CBS News.
  8. 8,0 8,1 „The Funders Pouring Money Into the Khan Academy – Inside Philanthropy: Fundraising Intelligence – Inside Philanthropy“. www.insidephilanthropy.com. Qaraldi: 7-noyabr 2015-yil.
  9. 9,0 9,1 „100 million for Project 10^100 winners“. The Official Google Blog (24-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2010-yil.
  10. „Mexico's Carlos Slim funds Khan academy in Spanish“. Marketplace. 2015-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2013-yil.
  11. „AT&T Awards $2.25 Million for Mobile Learning Platform“. Philanthropy News Digest (PND). Qaraldi: 7-noyabr 2015-yil.
  12. „2015 Form 990 for Khan Academy“. Qaraldi: 14-yanvar 2018-yil.
  13. „Nonprofit Explorer – KHAN ACADEMY INC – ProPublica'“. ProPublica. Qaraldi: 22-sentabr 2015-yil.
  14. „Nonprofit Explorer – KHAN ACADEMY INC – ProPublica'“. ProPublica. Qaraldi: 29-mart 2020-yil.
  15. „Khan Academy“. PCMAG. Qaraldi: 7-noyabr 2015-yil.
  16. „How Are Teachers and Students Using Khan Academy?“. MindShift. Qaraldi: 7-noyabr 2015-yil.
  17. „Khan Academy for ipad review“. theappzine. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  18. Kaplan, David A.. „Innovation in Education: Bill Gates' favorite teacher“ (24-avgust 2010-yil). 23-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2011-yil.
  19. „Need a tutor? YouTube videos await“. AP (12-dekabr 2008-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2011-yil.
  20. „A free world-class education for anyone anywhere“. About. Khan academy.
  21. „Laureate: Salman Khan“. Education Award. The Tech Awards (2009). 3-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2014-yil. (Wayback Machine saytida 3-iyul 2014-yil sanasida arxivlangan)
  22. „Salman Khan“. CNBC. Qaraldi: 7-noyabr 2015-yil.
  23. Khan Academy — Partner Content
  24. „Test prep | Khan Academy“. Khan Academy. 20-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2017-yil.
  25. „Khan Academy launches free Official LSAT Prep“ (1-iyun 2018-yil). Qaraldi: 29-avgust 2018-yil.
  26. https://www.khanacademy.org/partner-content/code-org
  27. „Khan Academy is the Official Practice Partner for AP“ (27-iyul 2017-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2018-yil.
  28. „Volunteers | Khan Academy“ (inglizcha). Khan Academy. Qaraldi: 6-mart 2017-yil.
  29. „Supporters | Khan Academy“ (inglizcha). Khan Academy. Qaraldi: 6-mart 2017-yil.
  30. „Is Khan Academy available in other languages?“ (inglizcha). Khan Academy Help Center. 7-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2018-yil.
  31. „Is Khan Academy available in other languages?“ (inglizcha). Khan Academy Help Center. 7-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2018-yil.
  32. „Studying for the SAT for 20 hours on Khan Academy associated with 115-point average score increase“ (inglizcha). Qaraldi: 8-sentabr 2018-yil.
  33. „Pixar in a Box | Partner content | Khan Academy“ (inglizcha). Khan Academy. Qaraldi: 8-sentabr 2018-yil.
  34. Christopher Danielson; Michael Paul Goldenberg. „How well does Khan Academy teach?“ (27-iyul 2012-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2014-yil.
  35. Strauss, Valerie. „Does the Khan Academy know how to teach?“ (27-iyul 2012-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2015-yil.
  36. Strauss, Valerie. „Khan Academy using contractors to check Web site's videos“ (22-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2014-yil.
  37. Westervelt, Eric. „'A Bit of a Montessori 2.0': Khan Academy Opens A Lab School“. WBUR and NPR (5-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2016-yil.
  38. Khan, Salman, Let's use video to reinvent education (inglizcha), TED (conference), qaraldi: 6-mart 2017-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  39. „The Heinz Awards: Salman Khan“. The Heinz Awards. 19-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2020-yil.
  40. Shorty Awards: The Complete Winners List, - The Hollywood Reporter

Havolalar

tahrir