Kia K8
Kia K8 - Kia kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan toʻliq oʻlchamli sedan. K7/Cadenza oʻrnini bosgan holda, u 2021-yil aprel oyida Janubiy Koreyada chiqarilgan.[2][3]
Kia K8 (GL3) | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi |
|
Model yili | 2022-hozirgacha |
Avvalgi modeli | Kia K7/Cadenza |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi | 2,895 mm |
Uzunligi | 5,015 mm |
Kengligi | 1,875 mm |
Balandligi | 1,455 mm |
Vazni | 1,540–1,715 kg |
Boshqa maʼlumotlar | |
Dizayneri | Karim Habib |
Umumiy koʻrinish
tahrirK8 2021-yil 8-aprelda onlayn taqdimot qilindi. Avtomobil Kiaʼning “Opposites United” yangi dizayn falsafasi asosida ishlab chiqilgan.
K8 interyeri birinchi toifadagi laundjdan ilhomlangani aytilgan.[4] Panoramali egri displey va 12 dyuymli bosh displeylar intuitiv tarzda ishlab chiqilgan axborot-koʻngilochar va HVAC tizimlari bilan birga haydovchiga yoʻnaltirilgan tartibni yaratish uchun moʻljallangan. Boshqa qulay funksiyalar qatoriga navigatsiya tizimi bilan sinxronlashtirilgan atrof-muhit yoritgichi, haydovchining ergo-harakatlanuvchi oʻrindigʻi, koʻp funksiyali markaziy tirsak suyangichi (podlokotnik) va yuqori darajadagi bosh suyangichi (podgolovnik) kiradi.[5]
Oʻzidan oldingi va oltinchi avlod modellari Hyundai Grandeur/Azera avtomobildan farqli oʻlaroq, Shimoliy Amerika bozori uchun ishlab chiqarilmaydi.[6]
-
2021 Kia K8
-
Ichki
K8 Hybrid
tahrirKia K8 Hybrid 2021-yil 4-mayda chiqarilgan boʻlib, u anʼanaviy dvigatelga qoʻshimcha ravishda 1,6 litrli turbo gibrid dvigatel, 17 dyuymli ishlov berilgan gʻildiraklar, avtomobilning elektrlashgan ekanligini bildiruvchi emblema va maxsus klasterli grafikni taqdim etadi.[7]
Quvvat oʻtkazgich
tahrirK8 300 PS (296 hp; 221 kW) ishlab chiqaruvchi 3,5 litrli V6 yoki bazaviy 2,5 litrli toʻrt silindrli 198 PS (195 hp; 146 kW) dvigateli bilan taklif qilinadi. Optsional tarzda 3,5 litrli LPI (suyuq propan injektrli) 240 PS (237 hp; 177 kW) dvigateli taklif qilinadi. U 8 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi bilan uygʻunlashib ishlaydi va V6 dvigatellarining yonilgʻi tejamkorligini 6 foizgacha yaxshilashga yordam beradi.
Model | Hajmi | Transmissiya | Quvvat | Moment | 0–100 km/soat (0-62 milya) chiqish tezligi |
---|---|---|---|---|---|
Smartstream G2.5 GDI | 2,497 sm³ | 8 pogʻonali avtomat | 198 metric horsepower (146 kW; 195 hp) @ 6100 aylanish/min | 25.3 kilogram metre (248 N⋅m; 183 lbf⋅ft) @ 4000 aylanish/min | |
Smartstream G3.5 GDI | 3,470 sm³ | 300 metric horsepower (221 kW; 296 hp) @ 6400 aylanish/min | 36.6 kilogram metre (359 N⋅m; 265 lbf⋅ft) @ 5000 aylanish/min | 6,9 s | |
Smartstream L3.5 LPi | 240 metric horsepower (177 kW; 237 hp) @ 6000 aylanish/min | 32 kilogram metre (314 N⋅m; 231 lbf⋅ft) @ 4500 aylanish/min | |||
Smartstream G1.6 T-GDI gibrid | 1598 sm³ | 6 bosqichli avtomat | 230 metric horsepower (169 kW; 227 hp) @ 5500 aylanish/min | 35.7 kilogram metre (350 N⋅m; 258 lbf⋅ft) @ 1500–4400 aylanish/min |
Oʻzbekistondagi sotuvlar
tahrir2022-yil 2-fevraldan boshlab Oʻzbekistonda Kia k 8 premium sport sedanining sotilishi boshlandi, uning ishlab chiqarilishi mahalliy bozor uchun „ADM-Jizzakh“ zavodida yoʻlga qoʻyildi.[10]
Oʻzbekiston bozorida Smartstream 3,5 GDI (300 ot.kuch.) dvigateli bilan, jihozlangan, avtomatik 8-pogʻonali uzatish qutisi va old qoʻzgʻaluvhi hisoblanadi. Ushbu modelda „Drive Wise“ xavfsizlik tizimlarining keng doirasi, yagona panoramali displey (har bir ekranning diagonali-12,3 dyuym), ichki makonni jihozlashda premium audio tizimi va innovatsion echimlarga ega boʻlgan zamonaviy axborot — koʻngilochar tizimi mavjud.
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.kia.ru/press/news/380/
- ↑ url=https://www.carscoops.com/2021/02/kia-previews-all-new-k8-successor-to-the-k7-cadenza/}}
- ↑ https://www.cnet.com/roadshow/news/kia-k8-cadenza-sedan-debut/
- ↑ https://paultan.org/2021/03/05/kia-k8-interior-revealed-ahead-of-full-debut-this-year/
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.
- ↑ https://www.carscoops.com/2021/03/new-kia-k8-cadenza-specs-revealed-gets-up-to-295-hp-3-5-liter-v6-and-offers-awd/
- ↑ https://en.yna.co.kr/view/AEN20210504004400320}}[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://www.kia.com/kr/vehicles/k8/specification.html}}
- ↑ https://www.kia.com/kr/vehicles/k8-hybrid/specification.html
- ↑ https://www.kia.uz/press/news/1475