Kim Bo-kyung
Kim Bo Kyung (talaffuzi: Kim Bo gyon) (1989-yil 6-oktyabrda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, Koreyaning „Jeonbuk Hyundai Motors“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Kim Bo-kyung[1] | ||
Tavallud sanasi | 6-oktyabr 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Gurye, Jeonnam, Janubiy Koreya | ||
Boʻyi | 1.77 m | ||
Ampluasi | [Yarimhimoyachi]] | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Jeonbuk Hyundai Motors | ||
Raqami | 13 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2008—2009 | Hongik Universiteti | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2012 | Cerezo Osaka | 41 | (15) |
2010 | → Oita Trinita (Ijara) | 27 | (8) |
2012—2015 | Cardiff City | 58 | (3) |
2015 | Wigan Athletic | 18 | (2) |
2015 | Matsumoto Yamaga | 6 | (0) |
2016—2017 | Jeonbuk Hyundai Motors | 44 | (7) |
2017—2019 | Kashiwa Reysol | 36 | (2) |
2019 | → Ulsan Hyundai (Ijara) | 35 | (13) |
2020- | Jeonbuk Hyundai Motors | 57 | (8) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2007—2009 | Janubiy Koreya U-20 | 21 | (6) |
2009—2012 | Janubiy Koreya U-23 | 22 | (6) |
2009 | Janubiy Koreya | 6 | (3) |
2010—2019 | Janubiy Koreya | 38 | (4) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 5-dekabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 11-dekabr uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirCerezo Osaka
tahrir2010-yilda Kim Hongik universitetini tashlab, J1 ligasi jamoasi Cerezo Osaka bilan uch yillik shartnoma imzolagan[2]. 2010-yilgi mavsum uchun J. Liga 2 divizioni vakili Oita Trinitaga ijaraga berilgan[3][4]. 2011-yilgi mavsumda Kim 8 ta gol urgan. 2012-yilda Levir Kulpi isteʼfoga chiqqan va Cerezo Osaka Serxio Soaresni yangi bosh murabbiy etib tayinlagan. Oʻsha mavsumda Kim 15 oʻyinda 7 ta gol urgan. U 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun jamoani tark etgan.
Cardiff City
tahrir2012-yil 10-iyulda Kimning agentlari Cerezo Osaka klubi Uels chempionati ishtirokchisi Cardiff City bilan transfer boʻyicha muzokaralar boshlaganini tasdiqlagan[5]. 12-iyul kuni Cardiff City va Cerezo Osaka taxminan 2,5 million funt sterling evaziga shartnomaga kelishishgan[6]. Kelishuv 27-iyulda yakunlangan, Kim Uelsliklar bilan uch yillik shartnoma imzolagan[7]. U 18-sentabr kuni Craig Noone oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan oʻyinda jamoa tarkibida debyut qilgan. Kimning „Cardiff“dagi ilk asosiy tarkibdagi oʻyini 27-oktyabr kuni „Cardiff City“ stadionida „Byornli“ga qarshi kechgan va 4:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. Kim 7-dekabr kuni „Blackburn Rovers“ ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozongan „Cardiff“ tarkibidada birinchi golini kiritgan. Uning ikkinchi goli 19-yanvar kuni „Blackpool“ darvozasiga kiritilgan.
2013-yilning 17-aprelida „Cardiff City“ chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi va Premyer-ligaga ko‘tarilib, Kim Premyer-liganing 12-koreyalik o‘yinchisiga aylangan[8]. U 2013-yilning 24-noyabrida "Manchester United"ga qarshi o‘yinda o‘zining birinchi Premyer-ligadagi golini urgan.
2015-yilning 24-yanvarida Cardiff City Kim bilan shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilinganini eʼlon qilgan[9].
Wigan Athletic
tahrir2015-yilning 6-fevralida Wigan Athletic Kim bilan 2014/2015-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[10].
Jeonbuk Hyundai Motors
tahrir2016-yilgi Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kim Amerikaga bir marta va Mamelodi FC darvozasiga bir marta gol urgan.
Xalqaro faoliyati
tahrirKimning xalqaro faoliyati 2009-yilda Janubiy Koreya U-20 terma jamoasi tarkibida boshlangan. U 2009-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirok etib, 4 ta oʻyinda 2 ta gol urgan. U-20 Jahon chempionatidan soʻng uni oʻsha paytda Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Xong Myung-Bo chaqirgan.
2010-yil 9-yanvarda Kim Janubiy Koreya terma jamoasi safida Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ilk bor maydonga tushgan va o‘sha yili 2010-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. U birinchi va ikkinchi gollarini 2012-yilning 12-iyunida Livanga qarshi jahon chempionati saralash bahsida kiritgan.
Kim Xongning 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun terma jamoasiga kiritilgan va bronza medalini qoʻlga kiritishga yordam bergan. U Shveytsariyaga qarshi o‘yinda chap oyog‘ida ajoyib zarba yo‘llab g‘alaba golini urgan va jamoasining pley-off bosqichiga chiqishiga yordam bergan.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Liga | Kubok | Liga Kubogi | Qitʼa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |||
Oita Trinita (Ijara) | 2010 | J2 Liga | 27 | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 27 | 8 | |
Cerezo Osaka | 2011 | J1 Liga | 26 | 8 | 3 | 1 | 0 | 0 | 8 | 1 | 37 | 10 |
2012 | 15 | 7 | 0 | 0 | 3 | 2 | — | 18 | 9 | |||
Jami | 41 | 15 | 3 | 1 | 3 | 2 | 8 | 1 | 55 | 19 | ||
Cardiff City | 2012—2013 | Championship | 28 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 28 | 2 | |
2013—2014 | Premyer Liga | 28 | 1 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 31 | 1 | ||
2014—2015 | Championship | 2 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | 5 | 0 | ||
Jami | 58 | 3 | 3 | 0 | 3 | 0 | — | 64 | 3 | |||
Wigan Athletic | 2014—2015 | Championship | 18 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 18 | 2 | |
Matsumoto Yamaga | 2015 | J1 Liga | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 6 | 0 | |
Jeonbuk Hyundai Motors | 2016 | K Liga 1 | 29 | 4 | 1 | 0 | — | 13 | 3 | 43 | 7 | |
2017 | 15 | 3 | 1 | 0 | — | — | 16 | 3 | ||||
Jami | 44 | 7 | 2 | 0 | — | 13 | 3 | 59 | 10 | |||
Kashiwa Reysol | 2017 | J1 Liga | 13 | 0 | 2 | 0 | — | — | 15 | 0 | ||
2018 | 23 | 2 | 2 | 0 | 2 | 0 | 5 | 0 | 32 | 2 | ||
Jami | 36 | 2 | 4 | 0 | 2 | 0 | 5 | 0 | 47 | 2 | ||
Ulsan Hyundai (Ijara) | 2019 | K Liga 1 | 35 | 13 | 0 | 0 | — | 8 | 0 | 43 | 13 | |
Jeonbuk Hyundai Motors | 2020 | 25 | 5 | 4 | 0 | — | 6 | 0 | 35 | 5 | ||
2021 | 32 | 3 | 0 | 0 | — | 7 | 0 | 39 | 3 | |||
Jami | 57 | 8 | 4 | 0 | — | 13 | 0 | 74 | 8 | |||
Karyerada jami | 322 | 58 | 16 | 1 | 8 | 2 | 47 | 4 | 393 | 65 |
Xalqaro maydondagi gollari
tahrir# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2012-yil 12-iyun | Goyang sport majmuasi, Goyang, Janubiy Koreya | Livan | 1-0 | 3-0 | FIFA Jahon chempionati 2014 saralash |
2 | 2-0 | |||||
3 | 2013-yil 15-oktyabr | Cheonan Baekseok stadioni, Cheonan, Janubiy Koreya | Mali | 3-1 | 3-1 | Oʻrtoqlik |
4 | 2016-yil 11-noyabr | Cheonan Baekseok stadioni, Cheonan, Janubiy Koreya | Kanada | 1-0 | 2-0 | Oʻrtoqlik |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrirCardiff City
- Futbol ligasi chempionati : 2012—2013[11]
Jeonbuk Hyundai Motors
- Osiyo Chempionlar Ligasi : 2016[12]
- K liga 1 (2): 2020, 2021[13][14]
- KFA kubogi : 2020[15]
Mamlakat
tahrirJanubiy Koreya U-23
- Osiyo oʻyinlari bronza medali: 2010[16]
- Yozgi Olimpiada bronza medali: 2012[17]
Janubiy Koreya
- EAFF E-1 Futbol chempionati : 2019[18]
Shahsiy yutuqlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „FIFA U-20 World Cup Egypt 2009™: List of Players: Korea Republic“. FIFA (2009-yil 6-oktyabr). 2009-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „김보경, J-리그 세레소 오사카 입단“ (ko). Daily Sports (2009-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2009-yil 10-yanvar.
- ↑ „'허정무호 영건' 김보경, J2리그 오이타로 임대“ (ko). SpotalKorea (2010-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 30-yanvar.
- ↑ „http://www.oita-trinita.co.jp/information.php?_mode=detail&id=4219“ (ja). Oita Trinita (2010-yil 28-yanvar). 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 30-yanvar.
- ↑ „Kim Bo-Kyung's agency claims talks with Cardiff City“. goal.com (2012-yil 10-iyul). Qaraldi: 2012-yil 10-iyul.
- ↑ „キム、イングランド2部・カーディフ移籍...C大阪 (Osaka moved ... C-Part 2 Kim Cardiff, England)“ (ja). Sports Hochi (2012-yil 12-iyul). 2012-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-iyul.
- ↑ „Kim Bo-Kyung City deal completed“. Cardiff City F.C.. Official Site (2012-yil 27-iyul). Qaraldi: 2013-yil 10-oktyabr.
- ↑ „카디프시티 EPL 승격 확정 '감격'... 김보경 한국인 12번째 프리미어리거“. kyeongin.com. Qaraldi: 2013-yil 5-may.
- ↑ „Kim Bo-Kyung departs“. Cardiff City F.C.. Official Site (2015-yil 24-yanvar). 2015-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-yanvar.
- ↑ „Kim Bo-kyung: Wigan Athletic sign former Cardiff midfielder“. BBC Sport (2015-yil 29-iyul). Qaraldi: 2015-yil 6-fevral.
- ↑ „Bo-Kyung Kim“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
- ↑ „Jeonbuk clinch second AFC Champions League crown“. foxsportsasia. 2019-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Jeonbuk wins K League title for 4th straight year“. Korea Joongang Daliy. Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
- ↑ „Jeonbuk win fifth consecutive K League title“. Korea Joongang Daliy. Qaraldi: 2021-yil 5-dekabr.
- ↑ „Jeonbuk compete the double with 2-1 win in FA Cup final“. Korea Joongang Daliy. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
- ↑ „Asian Games 2010“. RSSSF. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
- ↑ „2012 Olympics – Soccer (Mens) – Bronze medal game“. The New York Times. Qaraldi: 2014-yil 20-iyul.
- ↑ „2019 EAFF E-1 Football Championship Table and Awards“.
- ↑ „[포토 김보경-문선민-세징야-완델손, K리그1 베스트11 MF“] (ko). sports donga. Qaraldi: 2019-yil 2-dekabr.
- ↑ „High-scoring midfielder wins K League MVP“. yonhapnews (2019-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 2-dekabr.
- ↑ „[포토 전북 김보경 '최다 도움상 수상'“] (ko). sports chosun. Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.