Kim Ge Sun
Kim Ge Sun (1913-yil 25-sentyabr, Dondoxon, Primorsk oʻlkasi – 1969-yil 28-sentyabr, O'zbekiston SSR, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani[1]) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi „Sverdlov“ nomidagi kolxoz aʼzosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951)[2][3].
Kim Ge Sun | |
---|---|
Tavalludi |
25-sentyabr 1925-yil Dondoxon, Primorsk oʻlkasi |
Vafoti |
28-sentyabr 1969-yil (44 yoshda) Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirKim Ge Sun 1913-yilda Olgin tumani Dondoxon qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan.
Kim Ge Sun 1923-yilda tugʻilib oʻsgan qishlogʻida boshlangʻich maktabni tugatdi. 1930-yilgacha uyda dehqonchilik bilan shugʻullangan. 1930-yilda Budennovskiy tumanidagi Pavlovskiy baliqchilik kolxoziga ishga kirdi. 1933-yildan Vladivostokdagi Koreya pedagogika institutida tahsil olgan.
1937-yilda Qozogʻiston SSRning Qizil Oʻrda shahriga surgun qilingan. 1940-yilgacha Qizil Oʻrda Koreya pedagogika institutida oʻqigan, soʻngra Oʻzbekistonga koʻchib kelgan. U Yuqori Chirchiq tumanidagi Sverdlov nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi boʻlib ishlagan. 1941-yilda shu kolxozga dala ekinlari brigadasi brigadiri etib tayinlanadi. 1956-yilda u Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasiaʼzoligiga qabul qilindi.
1950-yilda Kim Ge Sun boʻlinmasi 34,8 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 88,9 sentnerdan yashil kanop poyasi oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan u Lenin ordeni va "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Ikki marta Moskvadagi Butunittifoq xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasida qatnashgan (1958, 1962).
Kim Ge Sun 1969-yil 28-sentyabrida vafot etdi. Umrinining oxirigacha Sverdlov nomidagi kolxozda ishladi.
Mukofotlari
tahrir- Sotsialistik Mehnat Qahramoni
- Lenin ordeni
- "Hurmat belgisi" ordeni
- „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali (1945-yil 6-iyun)
Adabiyotlar
tahrir- Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
- З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
- Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
- Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
- Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999
Manbalar
tahrir- ↑ „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Герой Социалистического Труда Ким Ге-Сун“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
- ↑ Герман Ким (ВЭКС) Герой Социалистического труда Ким Ге Сун YouTubeda