Kim Gi-jung
Kim Gi-jung yoki Kim Ki-jung (koreyscha talaffuzi: [kim.ɡi.djung] yoki [kim] [ki.djung]; 1990-yilning 14-avgust sanasida tugʻilgan) – Janubiy koreyalik badminton oʻyinchisi. Rio shahrida 2016-yilda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida juftlik bahslarda ishtirok etgan.
Faoliyati
tahrir2008-yilda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon Chempionatida Eom Hye-Won bilan hamkorlikda, aralash juftlik bahslarida bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. 2009-yilda Kvon Yi Gu bilan hamkorlikda erkaklar oʻrtasidagi bahsda, umumjamoa hisobida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Gonkong shahridagi Sharqiy Osiyo oʻyinlarida ham qatnashib, juftlik bahsda kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2011-yilda Turkiya xalqaro turnirida Kim Sa-rang bilan hamkorlikda erkaklar oʻrtasida musobaqada gʻolib chiqqan.
2012-yilda Kim Sa-rang bilan Yaponiya Ochiq turnirida birinchi Superseriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Ular soʻnggi turda malayziyalik Koo Kien Keat va Tan Boon Heong juftligi ustidan gʻalaba qozonishgan. 2012-yilda Xitoyning Qingdao shahrida boʻlib oʻtgan, Badminton boʻyicha Osiyo Chempionatining soʻnggi turida yaponiyalik Hiroyuki Endo va Kenichi Hayakawa juftligini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritishgan. 2012-yilning sentyabr oyida Indoneziyadagi Masters turnirida erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritishgan.
2015-yilda Kim Sa-rang bilan Korea Masters Grand Prix Gold turnirining erkaklar oʻrtasidagi juftlik musobaqasida gʻolib boʻlishgan. Ular final bosqichida Ko Sung Xyon va Shin Baek Cheolni 16:21, 21:18, 21:19 hisob bilan magʻlub etishgan. Shuningdek, Chay Biao va Xong Veyni magʻlub etib, Xitoyning Ochiq Super Seriyalar Boshlangʻich musobaqasida ham yutib chiqishgan. 2016-yilda Malayziyadagi Superseriyalar boshlangʻich turnirida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritishgan. U va Kim Sa Rang chorak final bosqichida xitoylik raqibini, yarim finalda esa dunyoning 1-raqamli juftligi Li Yong Dae va Yu Yon Sonni magʻlub etishgan. Final bosqichida Chay Biao va Xong Veyni 21:19, 21:15 hisobida magʻlub etishgan. Kim Sa Rang bilan yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi erkaklar oʻrtasida, juftlik bahslarda qatnashishgan va chorak finalda xitoylik Fu Haifeng va Chjan Nanni 21:11, 18:21 va 22:24 hisobida magʻlub etishgan.
Manbalar
tahrir1. „Players: Kim Gi Jung“. Badminton World Federation. Retrieved 26 January 2017.Arxivlandi 15-iyun 2023-yil</ref>
2. „[리우올림픽]배드민턴 男복식 김사랑-김기정, 조별리그 첫패“. Kyunghyang Shinmun (in Korean). Retrieved 26 January 2017.Arxivlandi 15-iyun 2023-yil
3. „India, Singapore create history in BWF Junior Championships 2008“. en.olympic.cn. Chinese Olympic Committee. Retrieved 26 January 2017.Arxivlandi 15-iyun 2023-yil
4. „제5회 동아시아경기대회“. www.badmintondaily.co.kr (in Korean). 배드민턴데일리. Retrieved 26 January 2017.Arxivlandi 15-iyun 2023-yil