Kimyoviy himoya usuli
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kimyoviy himoya usuli (oʻsimliklar himoyasida) — oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda kimyoviy moddalardan foydalanish. Jahon qishloq xoʻjaligida 1945-yildan keyin bir qator samarali preparatlar yaratilishi bilan keng qoʻllanila boshladi. Kimyoviy himoya usuliu.da faqatgina xoʻjalik hamda sanitariya-gigiyena jihatdan aprobatsiyadan oʻtgan va Davlat komissiyasi ruxsat etgan pestitsidlar qoʻllanadi. Bu tadbirlarga rioya qilish qishloq xoʻjaligi mahsulotlarida pestitsidlarning butunlay qolmasligini yoki ular miqdorining yoʻl qoʻyilgan darajadan ortib ketmasligini taʼminlaydi. Oʻzbekistonda dehqonchilikning har bir tarmogʻi uchun kimyoviy vositalarni qoʻllash tadbirlari, yaʼni har bir preparatning sarf meʼyori, ishlov berishni boshlash hamda tugatish muddatlari va takrorlash soni belgilangan. Kimyoviy himoya usuliu.da koʻriladigan tadbirlar 2 xil boʻladi: oldini olish va zararkunandalarni yoʻq qilish. Oldini olish tadbirlari zararkunanda organizmlar oʻsimliklarni shikastlamasdan oldin oʻtkaziladi (urugʻlikni dorilash, kimyoviy preparatlarni ekish bilan birga yerga solish va boshqalar); bu maqsadda foydalaniladigan pestitsid oʻz taʼsir kuchini qoʻllanilgandan keyin maʼlum muddat saqlab turishi kerak. 3ararkunandalarni yoʻq qilishga qaratilgan tadbirlar oʻsimlikni shikastlay boshlagan zararkunandalarga qarshi amalga oshiriladi. Buning uchun ishlov berishni butun ekin maydonlari yoki daraxtzorlarda optimal muddatlarda oʻtkazish zarur. Kimyoviy himoya usuliu.dan toʻgʻri foydalanish uchun zararkunandalar sonini muttasil hisobga olish amalga oshiriladi, shuningdek, zararkunanda va kasalliklarning rivojlanishi hamda koʻpayishi prognozi tuziladi, ularning zarar keltirish imkoniyati darajasi aniqlanadi, himoya tadbirlarining samaradorligi baholanadi. Zararkunandalar keng tarqalgan joylarda Kimyoviy himoya usuliu. tadbirlari ulardan boshqa samarali himoya choralari boʻlmagandagina oʻtkaziladi.
Pestitsidlardan uzoq vaqt va ilmiy asoslanmai turib foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi — biotsenoz muvozanati buzilishi, atrof-muhit ifloslanishi, zararkunandalarda bir yoki bir guruh kimyoviy moddalarga nisbatan chidamlilik vujudga kelishi va natijada qarshi kurash samaradorligi keskin kamayishi mumkin (Oʻzbekiston paxtachiligi tarixida butifosda foydalanish boʻnga misol boʻladi). Dehqonchilikda foydali organizmlarga zarar keltirmay, fakat baʼzi zararkunanda hasharotlargagina tanlab taʼsir qiluvchi kimyoviy vositalar, ayniqsa, qadrlanadi. Kimyoviy himoya usuliu.da faqatgina zararkunandalarni zaharlaydigan moddalardan emas, balki hasharotlar xatti-harakatiga taʼsir koʻrsatuvchi preparatlar — attraktantlar, feromonlar, repellentlar, gormonal preparatlar va boshqa kimyoviy birikmalardan ham foydalaniladi. Kimyoviy moddalarning atrof-muhit uchun xavfeizligini ularni qoʻllash usuli va muddatlarini toʻgʻri tanlash bilan taʼminlash mumkin. Kimyoviy himoya usuliu. ni agrotexnik, biologik va boshqa usullar bilan birga kompleks olib borish foydali hasharotlarni mumkin qadar saqlab qolish hamda kimyoviy vositalar sarfini kamaytirish imkonini beradi. Bunday tadbirlar tizimi har bir ekin uchun ular ekiladigan zona sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan (qarang Gerbitsidlar, Integral himoya usuli, Pestitsidlar).
Sulton Alimuhamedov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |