Kimyoviy melioratsiya - kimyo viy yoʻl bilan tuproqning xususiyatlarini yaxshilash va qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirish tadbirlari tizimi. K.m. da tuproqning ildiz tarqaladigan qatlamidan ekinlar uchun zararli tuzlar ketkaziladi; nordon muhitli tuproqlarda vodorod va alyuminiy, shoʻrtob tuproqlarda natriy (ularning tuproq singdirish majmuida boʻlishi tuproqning kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarini yemonlashtiradi va unumdorligini pasaytiradi) miqdori kamayadi.

K.m. qadimgi davrdan maʼlum, lekin uning samarali usullarini atroflicha ishlab chiqish va izlanishlar 19-asrda boshlandi. 20-asrda K.m. ning asosiy usullari: tuproklarni ohaklash, gipslash va nordonlashtirish nazariyalari yaratildi. Tu proqni ohaklash or-qali qishloq xoʻjaligi ekinlariga taʼsir etadigan zaharli ortiqcha tuproq nordonligi yoʻqotiladi va tuproq unumdorligi oshiriladi; asosan, gleylanish izlari boʻlgan podzol va chimli-podzol tuproqlarda qoʻllanadi; tuproqning fizik xususiyatini yaxshilaydi. T u p r o q ni gipslash tuproqning haddan tashqari ishqoriyligini, shoʻrtobligini ketkazadi; shoʻrtoblarda gips taʼsirida singdirilgan natriy kalsiyga almashinadi; solodlar va solodlashgan shoʻrtobli tuproqlar K.m.si tuproqqa Sa(SON)2 solib, vodorod ionini kalsiyga almashtirib, kolloid kompleksini mahkamlashdan iborat.Tuproqlarni nordonlashtirish da oʻnga nordon kimyoviy moddalar: sodali shoʻrtob tuproklarda kalsiy birikmalarining erishini oshiradigan va sodani neytrallaydigan sulfat kislota, oltingugurt, temir sulfat, alyuminiy sulfat va b. solinadi. Shuningdek, tuproq xususiyatlarini tubdan yaxshilashga olib keladigan organiq va mineral oʻgʻitlarni katta dozalarda solish ham K.m.ga kiradi. K.m.ning muhim vositalaridan biri — ildiz tarqaladigan qatlamni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan xrlatdagi fosfor bilan boyitishdan iborat.

K.m. dehqonchilik madaniyati yuqori boʻlgan, oʻsimliklar oʻzining normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur suv, oziq moddalari va b. omillar bilan yetarli darajada taʼminlangan sharoitda yaxshi samara beradi. K.m.ni melioratsiyaning boshqa turlari — sugʻorish, suvni qochirish, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish, shoʻr yerlarni yuvish bilan birgalikda qoʻshib olib borish maqsadga muvofiq.

Sobir Aeimboyev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil