Kingstaun
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kingstaun - shahar, Sent Vinsent va Grenadina poytaxti. Sent Vinsent vulkan o.ning janubi-sharqida, dengiz boʻyida joylashgan. Aholisi 19,2 ming kishi (2001). Mamlakatningasosiy dengiz porti. Aeroportbor. K. porti orqali chetga banan, arrorut (kraxmal uni), shakar xom ashyosi, kopra va boshqa tovarlar chiqariladi. Oziq-ovqat, sovun ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Turistlar koʻp boradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |