Kinoga olish apparati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kinoga olish apparati - hujjatli va badiiy kinofilmlar va videofilmlarni hamda turli obyektlarni izchil ravishda ketma-ket tasvirlar (kadrlar) tarzida kinolentaga tushirish qurilmasi. Enining kengligi va formatining oʻlchami har xil boʻlgan kinolentalarga suratga olish uchun moʻljallab ishlab chiqariladi. Masalan, keng formatli filmlar 70 mm li; oddiy va keng ekranli filmlar 35 mm li; televizion, ilmiy, oʻquv va havaskorlik filmlari 16 mm, 8 mm va 2x8 mm li kinolentalarga moʻljallangan apparatlarda suratga olinadi. Vazifasi va tuzilish xususiyatlariga koʻra, dastaki va muqim (statsionar) Kinoga olish apparatia. farqlanadi. Dastaki apparatlar ixchamroq boʻlib, qoʻlda olib yurib, istalgan joyda kinoga olish mumkin. Muqim apparatlar muayyan joyda uchoyoqli shtativga oʻrnatib ishlatiladi. Kinoga olish apparatia. sinxron, prezitsion, ixtisoslashtirilgan, havaskorlik va maxsus turlarga ham boʻlinadi. Sinxron Kinoga olish apparatia. bilan tasvirni kinoga olish paytida (sinxron tarzda) tovushni ham alohida magnit lentaga yozib olish mumkin. Pretsizion Kinoga olish apparatia. murakkab kinoga olish uchun moʻljallanadi. Ix-tisoslashtirilgan Kinoga olish apparatia. bilan panoram, doiraviy, stereoskop filmlar suratga olinadi. Havaskorlik Kinoga olish apparatia. eni 16 mm, 8 mm va 2x8 mm li kinolentalarga ilmiy, oʻquv va havaskorlik filmlarini kinoga olish uchun ishlatiladi. Maxsus Kinoga olish apparatia. tez va qisqa muddatda utadigan jarayonlarni qayd qilish (juda tezkorlik bilan kinoga olish) hamda aviatsiya va kosmik parvozlarda foydalanish uchun muljallanadi.
Har qanday Kinoga olish apparatia. optik va mexaniq qismlardan iborat. Optik qism kinoga olish obyektivi va vizir (vizir tizim) ni oʻz ichiga oladi. Obyektiv obyektning tasvirini kinolentaning yorugʻlik sezgir katlamiga tushiradi. Vizir orqali esa obyekt kuzatiladi va apparatning obyektga nisbatan zarur vaziyati urnatiladi. Mexaniq qism lenta tortish mexanizmi, harakatlantirish mexanizmi va obtyuratordan iborat. Lenta tortish mexanizmida lentani bir meʼyorda surib, zarur paytda toʻxtatib turadigan moslamalar ham boʻladi. Obtyurator kinolenta kadr tuynugi tomon bir kadr surilganda shu tuynukka kelayotgan yorugʻlik nurlari yoʻlini dam-badam toʻsib turish vazi-fasini oʻtaydi.
Kinoga olish apparatia., asosan, 19-asr oxirlaridan boshlab turli markalarda ishlab chiqariladi. Ular borgan sari takomillashib bormokda. Ayniqsa, ilmiy tadqiqot ishlari uchun moʻljallangan Kinoga olish apparatia.lari — ixcham aviatsiya va kosmik kinoga olish, mikrokinoga olish apparatlari, tezkor va rastrli apparatlar, suv ostida kinoga olish, sekinlatib suratga olish apparatlari va boshqa yoʻnalishlardagi Kinoga olish apparatia. lari juda takomillashib ketdi. Bu borada Yaponiyada, AQSH va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan apparatlarni misol qilib koʻrsatish mumkin (qarang Kinotexnika).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |