Kirsten Dunst
Kirsten Caroline Dunst (talaffuzi: Kirsten Kerolayn Danst; 30-aprel, 1982) amerikalik aktrisa, xonanda va modeldir. U 1989-yili Woody Allen'ning New York Hikoyalari antologiyasida debutlik qildi. 12 yoshida Dunst Vampir bilan intervyu (1994) filmida Claudia ismli vampirni oʻynab, eʼtibor qozondi, bu ijrosi uchun Oltin Globus mukofotiga nomzod etib koʻrsatildi. Oʻsha yili u shuningdek Kichik Ayollar filmida oʻynadi.
Kirsten Dunst | |
---|---|
Kirsten Caroline Dunst | |
Kirsten Dunst Tribeca Film festivalida, 2010 | |
Tavalludi |
Kirsten Caroline Dunst 30-aprel 1982-yil |
Fuqaroligi | AQSh/Olmoniya |
Kasbi | aktrisa, qoʻshiqchi, model |
Faoliyat yillari | 1989 — bugun |
Dunst keng xalqaro shuhratga Oʻrgimchak-odam trilogiyasidagi (2002-07) Mary Jane Watson rolidan soʻng erishdi. Shundan keyin u Wimbledon (2004) romantik komediyasida, Begʻubor Ongning Abadiy Charaqlashi (2004) romantik ilmiy-taxayyulotida va Cameron Crowe'ning Elizabethtown (2005) tragikomediyasida ijro etdi. U Sofia Coppola'ning Marie Antoinette (2006) filmida bosh rolni oʻynadi va Doʻstlarni Qanday Yoʻqotish & Qanday Odamovi Boʻlish (2008) komediyasida qatnashdi. U 2011-yili Lars von Trier'ning Melanxoliya filmidagi roli uchun Cannes Film Festivalida Eng Yaxshi Aktrisa mukofotini oldi.
2001-yili Dunst Unut Buni filmida ilk bor qoʻshiq aytdi. U shuningdek Mushuk Miyovi (2001) filmi uchun ham jazz ashulasini kuyladi.
Wikimedia Commonsda Kirsten Dunst mavzusiga oid fayllar bor. |