Kislorod-konverter jarayoni
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kislorod-konverter jarayoni — konverterlaraa suyuq choʻyanga texnik jihatdan toza kislorod yuborib, poʻlat ishlab chiqarish jarayoni; konverterda ishlab chiqarish usullaridan biri. Sanoatda birinchi marta 1952-yilda Avstriyada sinab koʻrilgan. K.-k. j.da qayta ishlanadigan oddiy marten choʻyanidan, baʼzan tarkibida fosfor koʻp boʻlgan, marganetsi yoki vanadiysi koʻp boʻlgan choʻyandan foydalaniladi. Konverterga suyuq choʻyandan tashqari 20—0% temir-tersak, ohak, boksit, shpat, kamdan-kam temir rudasi solinadi. Suyuq choʻyan solingan konverterga 1—1,6 MPa bosim ostida boʻgʻzi orqali yuqoridan kislorod beriladi. Bunda, odatda suv bilan sovitiladigan furmadan foydalaniladi. Kislorod berish 12—20 min., eritish sikli esa 30—45 min. davom etadi. Choʻyandagi qoʻshilmalar (uglerod, kremniy, marganets va boshqalar) ning kislorod bilan oksidlanishi natijasida choʻyan poʻlatga aylanadi va oʻzidan issiqlik ajratadi. Natijada metall suyuq holatda qoladi. Poʻlatni oksidsizlantirish yoʻli bilan poʻlatdagi ortiqcha kislorod kamaytiriladi. Bunda oksidsizlantirgich sifatida kremniy, marganets, alyuminiy, shuningdek, kalsiy, seriy, titan, magniy, koʻzgu choʻyanidan foydalaniladi. Oksidsizlantirish mahsulotlari shlakka aylanadi va undagi zararli qoʻshilmalar (oltingugurt va fosfor) yuqotiladi. Kislorod-konverter jarayoni j.ning konverter tubida joylashgan furma orqali suyuq choʻyanga havo berish turi ham bor. Bunda tutun kam chiqadi, yarokli poʻlatlar koʻproq ajraladi, ishlab chiqarishning tezlashish imkoni katta boʻladi. Biroq, qoʻshilmalar shlakka sekin aylanadi, poʻlat tarkibida vodorod koʻproq boʻladi. 100—350 t suyuq choʻyan solinadigan kislorod konverterlari bor. K.-k. j. marten pechlaridagiga nisbatan tez oʻtadi. Barcha boshqaruv EHM da bajariladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqariladigan poʻlatning 70% dan ortigʻi K.-k. j. bilan eritib olinadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |