Kistaqum togʻlari
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kistaqum togʻlari — Surxondaryo viloyatida, Bobotogʻ tizmasining janubiy davomi boʻlgan Dosmanagʻi togʻlarining janubida, oʻnga koʻndalang yoʻnalgan. Oʻz. 8-10 km, janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa choʻzilgan. Eng baland joyi 463 m. Asosan, neogen va quyi toʻrtlamchi davrning qumtosh va konglomeratlaridan tashkil topgan. Kistaqum togʻlari relyefi unchalik keskin qiyofaga ega emas, keng toʻlqinsimon balandliklar xos, ularning katta qismi eol qumlari bilan band. Och boʻz tuproqlar choʻl qum tuproklari bilan almashinib keladi. Qoʻngʻirbosh, iloq, shuvoq qabilar oʻsadi. Yaylovlarning mahsuldorligi gektariga oʻrtacha 1—2, baʼzan 3—4 s.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |