Kitakami — Yaponiyadagi daryo, Xonsyu o.ning shim.da. Oʻz. 243 km. Kitakami togʻlaridan boshlanib, shim. dan janubga tomon boʻylama tektonik vodiydan oqadi. Tinch okeanning Isinomaki qoʻltigʻiga quyiladi. Bahor-yoz oylarida toʻlib oqadi. Daryoda yogʻoch oqiziladi, GES qurilgan. Quyi qismida kema qatnaydi. K. vodiysida sholi ekiladi. Daryo boʻyida Morioka, Midzusava, quyilish joyida Isinomaki portlari joylashgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil