Kitobiy dostonlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kitobiy dostonlar - yozma adabiyot taʼsirida yaratilgan xalq ogʻzaki poetik asarlari turi. Kitobiy dostonlarda oʻziga asos boʻlgan manbaga koʻra, romaniq yoki qahramonlik dostonlariga xos xususi-yat saqlangan boʻlishi mumkin. Unda dostonlarga xos boʻlgan jangovarlik xususiyati kamroq boʻlsada, oila va jamiyat ziddiyatlari bilan kelisha olmagan muhabbat mavzui asosiy oʻrinni egallaydi. Mas, "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Baxrom va Gulandom" dostonlarining xalq variantlari Navoiy asarlari asosida, "Vomiq va Oʻzro" yunon romanlari mavzui asosida yuzaga kelgan. Baʼzi Kitobiy dostonlar Aniq bir adabiy man-ba asosida emas, balki muayyan kitobiy syujetlar taʼsirida yaratilgan ("Sanobar", "Zevarxon" va boshqa dostonlar). "Oshiq Gʻarib", "Malikai Dilorom", "Tohir va Zuhra" kabi dostonlarda ogʻzaki hamda yozma adabiyotdagi turli shakllar, anʼanalar oʻzaro chatishib ketgan. Baxshilar, xalq dostonchilari ijrosidagi Kitobiy dostonlarda xalqning ishq-muhabbat, sadoqat, ezgulik va boshqa maʼnaviy-axloqiy fazilatlar haqidagi ilgʻor qarashlari, orzulari aks etadi (yana qarang Doston).
Ld..Razzoqov H., Mirzayev T. va boshqa, Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi, T., 1980.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |