Kivu
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kivu — Sharqiy Afrikadagi koʻl. Kongo Demokratik Respublikasi bilan Ruanda chegarasida, 1460 m balandlikdagi tektonik soylikda. Mayd. 2,6 ming km2. Uzunligi 100 km, chuq. 496 m gacha. Qirgʻoqlari tik. 150 dan ziyod orol bor. K. tubidan baʼzan vulkan otilib turadi. Chuqur suvlarida erigan holatdagi metan (sanoat ahamiyatiga ega) va karbonat angidrid gazlari mavjud. Koʻldan Ruzizi daryosi oqib chiqib, Tanganika koʻliga quyiladi. Kema qatnaydi. Turizm rivojlangan. K.ni 1894-yilda nemis sayyohi A. fon Getsen kashf etgan. Koʻl va uning atrofi milliy park deb eʼlon qilingan. Muhim portlari — Bukavu, Goma, Kibuye.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |