Asl qora
Asl qora, Kizlyar qorasi, Prosko-veysk qorasi– oʻrtapishar vinobop uzum navi. Xalq seleksiyasi yoʻli bilan Shimoliy Kavkazda chiqarilgan. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha kattalikda, besh boʻlakchali, arra tishli, orqasi bir oz tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, si-lindr-konussimon, vazni 150 – 250 g, shingil va gʻujumlari oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi dumaloq, koʻk-binafsha, kattaligi oʻrtacha (16 – 18 mm). Eti pushti, shirin, sersuv (tarkibida 27% gacha qand bor). Asl qora kurtak yozgandan boshlab faol harorat yigʻindisi 2890°da 140 kunda pishadi. Hosildorligi 100– 120 s/ga. Asosan, Shimoliy Kavkazda rayonlashtirilgan. Oʻzbekistonda Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ekiladi. Spirti past qizil vi-nolar va sharbatlar tayyorlanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |