Klara Alimadatovna Jalilova (1937-yil 8-iyul — 2020-yil 20-noyabr, Toshkent) — sovet va oʻzbek aktrisasi, xonanda. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.

Klara Jalilova
Tavalludi
Klara Alimadatovna Jalilova

1937-yil 8-iyul
Toshkent, UzSSR
Vafoti 20-noyabr 2020-yil(2020-11-20)
(83 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Kasbi aktrisa
Filmlari Maftuningman (1958),
Olovli yoʻllar (1978),
„Chinor ostida duel (1979),
Kelinlar qoʻzgʻoloni (1985), Arslonning sarguzashtlari (1988), Temir xotin (1990),
„Kulol va xurmacha“ (1990), Uch qirol jangi (1990), „Temir erkak“ (1991), „Yuzsiz“ (1992), „Alif Laylo va makkora“ (1992), „Meni yolgʻiz qoldirma“ (2004), „Baribir hayot goʻzal“ (2004), „Anora“ (2006), „Niqob“ (2007), „Men bu men“ (2009), „Soʻnggi lahza“ (2009), „Mugʻormbir kuyovlar“
Faoliyat yillari 1958—2020
Turmush oʻrtogʻi Yoqub Ahmedov
Rustam Negmatov
Bolalari Furqat Ahmedov
Mukofotlari

Bolaligi

tahrir

Klara Jalilova 1937-yil 8-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Uning otasi Alimadat Jalklov buxorolik tojik millatiga, onasi esa tatar millatiga mansub edi[1].

Yoshligidan musiqa va vokal bilan shugʻullangan. Xonanda sifatida badiiy havaskorlik konsertlarida ishtirok etgan. 1955-yilda SSSR xalq artisti Halima Nosirovaning nazariga tushadi. U bu yosh qizdagi beqiyos isteʼdodni sezib, uni Toshkent Davlat konservatoriyasiga taklif qiladi. Bu yerda Halima Nosirovaning iltimosiga koʻra, 12 nafar ekspert yigʻilib, qizning chiqishlarini tinglaydi. Shunda ularning hammasi musiqasiz tabiatning inʼomi orqali jonli qoʻshiq kuylagan noyob isteʼdod sohibasi turganini sezishadi. Shu onning oʻzidayoq uning maʼlumotini surishtirishmay, Oʻzbekiston SSR Davlat filarmoniyasi qoshidagi Oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestriga solist sifatida ishga tavsiya qilishadi. 1957-yilda Klara Jalilova Moskvada boʻlgan yoshlar va talabalarning Butunjahon festivaliga Oʻzbekiston SSR nomidan delegat sifatida ishtirok etadi. U yerda yosh xonanda muvaffaqiyatli chiqishlar qiladi va laureat nomini hamda oʻzining birinchi Oltin medalini qoʻlga kiritadi.

Ta'lim

tahrir

Toshkent badiiy sanoat institutini tamomlaydi.

Mashxurlik

tahrir

Unga katta shuhratni 1958-yilda suratga olingan „Maftuningman“ filmidagi ilk roli keltiradi. Bu birinchi oʻzbek musiqali komediyasi edi. Klara Jalilova kinoda suratga tushib, estrada sohasida qoʻshiqlar ijro eta boshlaydi.

Mukofotlari

tahrir

2011-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan.

Vafoti

tahrir

Aktrisa 2020-yilning 20-noyabr sanasida vafot etdi[2].

Oilasi

tahrir

Aktrisa aktyor Yoqub Ahmedov bilan turmush quradi va bir necha yildan so'ng ajrashishadi. Ularning Furqat Ahmedov ismli oʻgʻli bor.

Bir necha yildan so'ng aktrisa Bahor” ansambli sozandasi Rustam Negmatov bilan (changchi) turmush quradi[3].

Shuningdek, Klara Jalilovaning Shuxrat (1965—2012)[3] va Shavkat ismli oʻgʻillari bor[1].

Rollari

tahrir

Klara Jalilova „Maftuningman“da Yulduz (1958), „Olovli yoʻllar“da Sodiqjon boyning xotinlaridan biri(1978), „Chinor ostida duel'“ fil’mida Abdullaning xotini (1979), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“da Lutfi (1985), „Arslonning sarguzashtlari“da tovuq koʻtargan ayol (1988), „Temir xotin“da qoʻshni (1990), „Kulol va xurmacha“da haram bekasi (1990), „Uch qirol jangi“da ayol (1990), „Temir erkak“da (1991), „Yuzsiz“da ayol (1992), „Alif Laylo va makkora“ (1992), „Meni yolgʻiz qoldirma“ (2004), „Baribir hayot goʻzal“ (2004), „Anora“ (2006), „Niqob“ (2007), „Men bu men“ (2009), „Soʻnggi lahza“ (2009), „Mugʻormbir kuyovlar“ (2013) kabi fil’mlarda rolllar ijro etgan.

Manbalar

tahrir