Klassik taʼlim
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Klassik taʼlim - qad. lotin, yunon tillari, antik adabiyot va matematika ni oʻrganishni asos qilib olgan umumiy oʻrta taʼlim turi. Antik madaniyatga qiziqish oʻsishi munosabati bilan Uygʻonish davrida paydo boʻlgan. 16-asrning oʻrtalaridan Gʻarbiy Yevropada dastlabki klassik gimnaziyalar tashkil topdi. Klassik taʼlimning nazariy tizimini 19-asrning 1-yarmida nemis pedagogi I. F. Gerbart ishlab chikdi. Uning taʼsirida Gʻarbiy Yevropa va Rossiyada gimnaziya, litsey, kollej va boshqa nomlarda Klassik taʼlim toʻliq shakllandi. Bu oʻquv yurtlarida lotin va yunon tillarini urganish oʻquv rejasining 40% ni tashkil etdi. 19—20-asrlarda sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi real taʼlimning amalga oshishi va Klassik taʼlimning sekin-asta qisqarishiga olib keldi. Bir qancha mamlakatlarning oʻrta maktablarida taʼlim yoʻnalishlaridan biri sifatida saqlanib qolgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |