Klaus Fischer
Klaus Fischer (talaffuzi: Klaus Fisher) (1949-yil 27-dekabrda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi va murabbiyi . U 1982-yilgi Jahon chempionati finalida Italiyaga magʻlub boʻlgan, Gʻarbiy Germaniya terma jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlgan. Hujumchi sifatida u oʻzining aniq zarbalari bilan eʼtiborga sazovor boʻlgan va 1982-yilgi Jahon chempionati yarim finalida Fransiyaga qarshi oʻyinning qoʻshimcha daqiqalarida ajoyib zarbasi bilan hisobni tenglashtirgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Klaus Fischer | ||
Tavallud sanasi | 27-dekabr 1949-yil | ||
Tavallud joyi | Kreuzstraßl, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.78 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1958—1961 | SC Kreuzstraßl | ||
1961—1968 | SC Zwiesel | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1968—1970 | 1860 Munich | 60 | (28) |
1970—1981 | Schalke 04 | 295 | (182) |
1981—1984 | 1. FC Köln | 96 | (31) |
1984—1988 | VfL Bochum | 84 | (27) |
Milliy terma jamoa | |||
1971 | Germaniya U-23 | 2 | (2) |
1977—1982 | Germaniya | 45 | (32) |
Boshqargan klublari | |||
1988—1989 | VfL Bochum (Yordamchi) | ||
1989—1992 | Schalke 04 (Yordamchi) | ||
1990 | → Schalke 04 (Yordamchi) | ||
1992 | → Schalke 04 (Yordamchi) | ||
1992—1995 | Schalke 04 II | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirFisher Regen tumanidagi Lindberg (Bayerisher Vald) yaqinidagi Kreuzstra shahrida tugʻilgan.
U 1968-yilda SC Zwieseldan TSV 1860 Myunxenga koʻchib oʻtgan va 1860 Myunxen, FC Schalke 04, uchun Bundesligada 535 oʻyin oʻtkazgan. „Schalke 04“ bilan 1972-yilda Germaniya kubogini qoʻlga kiritgan. „Schalke 04“ Bundesliganing 1970-71-yilgi mavsumida poraxoʻrlik mojarosida qatnashgan klubda shtirok etgan oʻyinchilardan biri sifatida Fisher dastlab umrbod diskvalifikatsiya olgan, ammo keyinchalik bu jazo bir yillik ligaga va milliy terma jamoaga kirish huquqidan besh yilga chetlatishga qisqartirirgan.
1976-yilda u Bundesliganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 268 ta gol bilan u Bundesliganing barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatida Gerd Myuller va Robert Levandovskidan keyin uchinchi oʻrinni egallab turibdi. 1988-yilda Fisherning klubi VfL Bochum Germaniya kubogi finaliga yoʻl olgan, ammo Fisher final oʻyinida ishtirok etmagan. U 1988-yilda faoliyatini yakunlagan [1]
Uning „Schalke 04“ safida 182 ta gol urgani klub rekordi boʻlib qolmoqd[2].
Xalqaro faoliyati
tahrirFisher 1977-yildan 1982-yilgacha Germaniya terma jamoasi safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol urgan (8 ta boshi bilan, 24 tasini oyoqlari bilan, shu jumladan, ikkita akrobat zarbasi bilan). U ikkita jahon chempionatida maydonga tushgan va 1982-yilda Ispaniyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatining ikkinchi oʻrin sovrindori boʻlgan.
Uning 1977-yilda Shveytsariyaga qarshi xalqaro oʻyinda 4:1 hisobida gʻalaba qozongan akrobat zarbasidan urgan goli nemis teletomoshabinlari tomonidan yilning eng yaxshi goli sifatida tan olingan. U shuningdek, 1982-yilgi Jahon chempionati yarim finalida Fransiyaga qarshi oʻyinda qoʻshimcha vaqtda mashhur akrobat zarbasini bilan hisobini tenglashtirgan va oʻsha uchrashuvda gʻalaba qozongan. Gʻarbiy Germaniya penaltilar seriyasida gʻalaba qozongan.
Murabbiylik faoliyati
tahrirFischer futbol murabbiylik maktabini boshqargan[3].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Liga kubogi | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
1860 Munich | 1968—1969 | Bundesliga | 26 | 9 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 29 | 9 | |
1969—1970 | 34 | 19 | 0 | 0 | 2 | 2 | — | 36 | 21 | |||
Jami | 60 | 28 | 1 | 0 | 4 | 2 | — | 65 | 30 | |||
Schalke 04 | 1969—1970 | Bundesliga | 0 | 0 | 2 | 0 | — | — | 2 | 0 | ||
1970—1971 | 34 | 15 | 5 | 1 | — | — | 39 | 16 | ||||
1971—1972 | 29 | 22 | 9 | 7 | — | — | 38 | 29 | ||||
1972—1973 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 | 6 | 3 | 7 | 4 | ||
1973—1974 | 25 | 21 | 1 | 1 | — | — | 26 | 22 | ||||
1974—1975 | 33 | 17 | 3 | 3 | — | — | 36 | 20 | ||||
1975—1976 | 34 | 29 | 3 | 3 | — | — | 37 | 32 | ||||
1976—1977 | 31 | 24 | 3 | 4 | 5 | 6 | — | 39 | 34 | |||
1977—1978 | 32 | 20 | 6 | 7 | 3 | 0 | — | 41 | 27 | |||
19787199 | 34 | 21 | 3 | 4 | — | — | 37 | 25 | ||||
1979—1980 | 26 | 7 | 4 | 4 | — | — | 30 | 11 | ||||
1980—1981 | 17 | 6 | 0 | 0 | — | — | 17 | 6 | ||||
Jami | 295 | 182 | 39 | 34 | 9 | 7 | 6 | 3 | 349 | 226 | ||
1. FC Köln | 1981—1982 | Bundesliga | 31 | 7 | 1 | 0 | — | — | 32 | 7 | ||
1982—1983 | 32 | 12 | 6 | 5 | 5 | 3 | — | 43 | 20 | |||
1983—1984 | 33 | 12 | 3 | 5 | 4 | 2 | — | 40 | 19 | |||
Jami | 96 | 31 | 10 | 10 | 9 | 5 | — | 115 | 46 | |||
VfL Bochum | 1984—1985 | Bundesliga | 34 | 16 | 3 | 0 | — | — | 37 | 16 | ||
1985—1986 | 27 | 8 | 4 | 0 | — | — | 31 | 8 | ||||
1986—1987 | 11 | 3 | 0 | 0 | — | — | 11 | 3 | ||||
1987—1988 | 12 | 0 | 3 | 2 | — | — | 15 | 2 | ||||
Jami | 84 | 27 | 10 | 2 | — | — | 94 | 29 | ||||
Karyerada jami | 535 | 268 | 60 | 46 | 22 | 14 | 6 | 3 | 623 | 331 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Germaniya | 1977 | 9 | 11 |
1978 | 11 | 1 | |
1979 | 6 | 5 | |
1980 | 1 | 2 | |
1981 | 8 | 9 | |
1982 | 10 | 4 | |
Jami | 45 | 32 |
Yutuqlari
tahrir"Schalke 04"
- DFB-Pokal: 1971—1972
1. FK Kyoln
- DFB-Pokal : 1982—983
- Gʻarbiy Germaniya
- FIFA Jahon kubogi gʻolibi: 1982-yil
Shahsiy yutuqlar
Manbalar
tahrir- ↑ „Klaus Fischer: "Mr. Fallrückzieher" wird 60“ (de). reviersport.de (2009-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2009-yil 26-dekabr.
- ↑ „Klaus Fischer turns 70 – "Mr. Bicycle Kick still knows where the goal is"“. Schalke 04 (2019-yil 27-dekabr).
- ↑ „Fußball: Klaus Fischer und kleine Kicker-Träume“ (de). derwesten.de.de (2009-yil 25-dekabr). 2020-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 26-dekabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „November 1977 - Fischer“ (de). Sportschau (2013-yil 12-iyul). Qaraldi: 2018-yil 12-dekabr.
- ↑ „Bundesliga Historie 1984/85“ (de). kicker.