Klerodendrum
Klerodendrum (lotincha: Clerodéndrum) — bargli butalar yoki kichik daraxtlar, baʼzan lianalar; Zhivuchkovyye (Ajugoideae) turkumiga mansub oʻsimliklar.Yasnotkovyye(Lamiaceae) oilasidan.
Ilmiy tasniflash | |
---|---|
Olam: | O'simliklar |
Klerodendrum barglari katta va yaltiroq boʻlib qovulganga oʻhshaydi.Koʻpgina turlarda gullar kapalak shakliga ega boʻlib-oq, pushti, qizil, baʼzida havorang, oqish ranglarda ham uchraydi. Bengue klerodendrumida va Filippin inflorescence klerodendrumida esa ular gʻayrioddiy shakldagi guldastalarga oʻxshaydi. Koʻpgina turlarning barglari va gullari xushboʻy hid chiqaradi. Shu bilan birga, barcha turlar turli xil hidga ega[1]
Ilgari, baʼzi mualliflar bu turni Verbenaceae tuyrkumiga kiritishgan.
Tarqalishi va ekologiya
tahrirThe Plant List maʼlumotlar bazasiga koʻra, turkum 308 turni oʻz ichiga oladi[2].
Ushbu turkumning turlari asosan Yerning tropik va subtropik mintaqalarida oʻsadi. Tabiiy diapazoni: Afrika, Osiyo (Hindiston, Hindixitoy, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Filippin), Amerika, Avstraliya.
Oʻsimlik termofil hisoblanadi. Koʻpgina turlar tropik va subtropiklarda toʻplangan. Moʻtadil iqlimda faqat bir nechta turlari mavjud.Gullashi davomli- martdan sentabrgacha.
Botanika tavsifi
tahrirMadaniyatda
tahrirKoʻpgina turlar oʻstiriladi, eng keng tarqalganlari:klerodendrum tompson, klerodendrum Wollicha, klerodendrum ugandiyskiy, klerodendrum filipinskiy, klerodendrum spesozium, klerodendrum bunge, Klerodendrum uch qismli Klerodendrum uch qismli — balandligi 10 m gacha boʻlgan buta yoki kichik bargli daraxt. Klerodendrum Tompsona-Yopiq gulchilikda eng keng tarqalgan klerodendrum turi. Shohlarini kesish yordamida buta yoki daraxt shakliga keltirish mumkin boʻlgan gullaydigan liana. Gul oq physalis chiroqiga oʻxshaydi va uning ichida kapalak shaklida kichik qizil guldan iborat. Bundan boshqa yana turli xil shakllarda ham mavjud-quyuq yashil barglarda sariq va oq dogʻlar bilan.
Joy va tuproq
tahrirKlerodendrum namlikni kup saqlamaydigan, toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurigan himoyalangan, yorugʻ joyni talab qiladi. Ekish paytida tuproqqa torf qoʻshiladi.Har qanday tuproqni gulni ekishdan oldin kaliy permanganat eritmasi yordamida dezinfeksiya qilish kerak boʻladi.[3]
Koʻpaytirish
tahrirKlerodendrum bahorda urugʻlarni ekish yoki ildiz otgan kurtaklarni ajratish orqali koʻpaytiriladi.Bundan tashqari bahorda kesib olingan soʻqmoqlardan tomirlatib foydalanish mumkin.
Kasalliklar va zararkunandalar Clerodendrum-ning eng keng tarqalgan zararkunandalaridan biri bu oʻrgimchak kanasidir. Oʻstitrishda yul qoʻyilgan xatolar tufayli xloroz hamda oʻsimlikning ildizi chirishi rivojlanadi.[3]
Manbalar
tahrir- ↑ https://rastenievod.com/klerodendrum.html
- ↑ „Clerodendrum“ (en). The Plant List. Version 1.1. (2013). 2017-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 https://flowertimes.ru/klerodendrum/