Kloaka (lotincha cloaka — axlat chiqarish nayi) — umurtqali hayvonlar toʻgʻri ichagining tashqariga ochiladigan kengaygan qismi. Toʻgarakogʻizlilar (miksinlar, minogalar lichinkasi), baliqlar (akulalar, skatlar, ikki xil nafas oluvchilar), barcha suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va kloakali sut emizuvchilarda K. boʻladi. Koʻpchilik sut emizuvchi xayvonlarda K. boʻlinib, siydik — jinsiy sinusni va toʻgʻri ichakning oxirgi qismini hosil qiladi. K.ga siydik yoʻli, jinsiy yoʻl, baʼzan siydik pufagi ochiladi. K. bir qancha umurtqasizlar (hasharotlar, toʻgarak chuvalchanglarning erkagi, ogʻiz aylangichlilar)da boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil