Koʻknor
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koʻknor (Papaveraceae, Papaver L.) — koʻknordoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; urugʻidan oʻsimlik moyi (qarang Moyli ekinlar) va koʻsagidan afyun olish uchun yetishtiriladigan ekin. 100 turi maʼlum. Moʻʼtadil, subtropik, baʼzan sovuqmintaqalarda oʻsadi. Kavkaz, Oʻrta Osiyo va Arktikada 75 ga yaqin turi uchraydi. Baʼzi turlari manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. De-hqonchilikda bir yillik uxlatuvchi K. (P.somniferum.)ning 2 tur-xili (moyli K., afyunli K.) ekiladi. Vatani — Oʻrta Dengiz atroflari (Gretsiyada miloddan avvalgi ekilgan), soʻngra Kichik Osiyo, Yevropaga tarqalgan. Afyunli K. Oʻrta Osiyo, Old Osiyo, Eron, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda qadimdan ekib kelingan. Moyli K. Yevropada Avstriya, Polsha, Vengriya, Gollandiya, Chexiya, Slovakiya, Ukraina, Rossiya, Fransiyada katta maydonlarda ekiladi.
Ildizi oʻq ildiz, tuproqqa 70—120 sm gacha kirib boradi. Poyasi tik oʻsadi, balandligi 80—150 sm, kam shoxlanadi. Bargi poyani oʻrab turadi, oʻz. 20—30 sm, guli yirik, uzun bandli, poya va shoxlarning uchida yakka joylashgan, oq, binafsha, qizil, sariq, pushti rang. Mevasi koʻsakcha, 4—5 xonali. Pishganda chatnamaydi, diam. 5—7 sm, oʻz. 2—6 sm. Urugʻi mayda, yumaloq, buyraksimon, och sariq, koʻkish. 1000 ta urugʻining vazni 0,24—0,45 g (bir koʻsakchada 3—5 g). Urugi 2—3° da unib chiqadi. 10° da 5—6 kunda maysalaydi. Maqbul harorat 20—25°. Oʻsuv davri 85— 132 kun. Ekilgandan gullash davrigacha suvga talabchan. Chetdan changlanadi. K. yorugʻsevar, uzun kun oʻsimligi. Moyli K. urugi tarkibida 45—56% oziq-ovqatga ishlatiladigan moy, 20% oqsil mavjud. K. moyi, asosan, kendolat, konserva, parfyumeriya, lok-boʻyoq sanoatida, rassomlik boʻyoqlari tayyorlashda, urugʻi non pishirish va qandolatchilikda ishlatiladi. Koʻsagi poʻchogʻidan tibbiyot va veterivariyada qoʻllaniladigan alkaloidlar (morfin, kodein, papaverin) olinadi. Kunjarasi esa mollarga yaxshi ozuqa (tarkibida 10% moy, 32,5% oqsil mavjud). Afyunli K.ning toʻla pishmagan koʻsaqlari sutsimon shirasidan maxsus usulda afyun olinadi. Shirasi tarkibida 20 xil alkaloidlar, ayniqsa, morfin, shuningdek, varkotin, kodein, papaverin, oqsil, uglevodlar, smola, mum, pigmentlar mavjud. Tibbiyotda dori-darmonlar ishlab chiqarishda qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Urugʻ boʻyicha hosildorligi 4—8 s/ga. quruq koʻsak (urugʻsiz) boʻyicha 3—8 s/ga. Moyli K. urugi toʻla pishganda don kombaynlari yordamida yigʻiladi. Baʼzan afyunli K.ning shirasi olinmagan pishgan koʻsaqlari maydalanib, suvda ivitib (ezib) ichiladi (20-asr boshlariga qadar Oʻzbekistonda maxsus takyakoʻknorixonalarda K.dan kayf beradigan ichkilik tayyorlanib, isteʼmol qilingan) Oʻzbekistonda va boshqa bir qancha mamlakatlarda afyunli K. ekish man qilingan.
Halima Otaboyeva.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |