Koʻkqargʻalar
(Ko'kqarg'alardan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koʻkqargʻalar (Coraciidae) - balchiqchisimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. Oʻtkir yoki keng tumshugʻining uchki qismi ilmoqqa oʻxshab qayrilgan. Pat rangi qoʻngʻir va qizgʻish aralash yashil-zangori tusda. Uchganida baland ovoz chiqaradi. 2 urugʻi (koʻkqargʻalar, keng ogʻizlilar), 11 turi bor. Janubiy Yevropa, Afrika, Osiyo va Avstraliyada tarqalgan. Oʻzbekistonda koʻkqargʻa (Coracias garrulus L.) hamma joyda uchraydi. K. tanasining oʻz. oʻrtacha 34 sm. Uchib ketuvchi qush. Afrikada qishlaydi. Daraxt kovaklariga, jan.da — jarliklarga in quradi. 4—6 ta tuxum qoʻyadi. Asosan, hasharotlar, koʻzda mevalar bilan oziqlanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |