Koʻkqoʻton (Ardea cinerea) — laylaksimonlar turkumining qarqaralar oilasiga mansub qush. Ogʻirligi 1,5–2 kg. Modasi variga nisbatan kichikroq. Modasining qanoti yozilganda 45 sm gacha, variniki — 47 sm gacha. Patlari kulrang, qanoti qora, boshida qora kokili bor. Yevropa, Osiyo va Afrikadagi suv havzalarida yashaydi. Hindistonda, Kaspiy dengizining jan. qirgʻoklarida, Oʻrta dengiz va Zakavkazyeda, ayrimlari Ohangaron va Chirchiq vodiylarida qishlaydi. Uyalarini gala boʻlib yoki boshqa turlar bilan aralashib qamishzor va daraxtlarga quradi. 4—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini vari va modasi galmagal bosadi. Inkubatsiya davri 26—27 kun. Joʻjalarning boʻyi 2 oyda voyaga yetgan qushlarga tenglashadi. K. baliq, baqa, itbaliq, ilon, kaltakesak, kemiruvchilar bilan oziqlanadi.[1]

Ardea cinerea

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil