Koʻltoʻsin
(Ko'lto'sindan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koʻltoʻsin — Samarqand viloyati hududidagi tekislik. Qorachatogʻning shimoliy etagida, togʻ oldi botigʻining turli oqiziklar va koʻl choʻkindi jinslari bilan toʻlishidan hosil boʻlgan. Toʻsinsoy Qorachatogʻni kesib, Zarafshon vodiysiga chiqkandan soʻng koʻl suvi oqib chiqib ketgan. Yer yuzasi Tusinsoyga tomon nishab; yosh jarlar kesib oʻtgan. Koʻlning kulrang tusli gil jinslari togʻ yon bagʻrida 120 metrgacha balandlikda uchraydi.
Koʻltoʻsin ekinzor va bogʻlarga aylantirilgan. Quruqsoy, Nukatsoy, Ilonlisoydan sugʻoriladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |