Abadiy muzloq yer (koʻp yillik muzloq yer, doimiy muzloq yer, mangu tung yer)- Yer yuzasidan maʼlum chuqurda joylashgan va uzoq vaqt (2 yildan bir necha ming yillargacha) muttasil muzlab yotadigan (temperaturasi 0° dan past boʻlgan) togʻ jinslari. Odatda, Yer yuzining shimoliy va janubiy sovuq oʻlkalarida hamda baland togʻlarda uchraydi. Yevrosiyoda Abadiy muzloq yer yuzasining maydoni 10 mln. km² dan ziyod. Yillik oʻrtacha temperaturasi 0° dan past boʻlgan oʻlkalarda keyingi davrlarda ham Abadiy muzloq yerlar vujudga kelayotgani haqida maʼlumotlar bor. Abadiy muzloq yer yuzasining yuza yupqa qatlami yoz vaqtida bir oz eriydi. Abadiy muzloq yer tuproq jarayoniga, oʻsimliklarga, hayvonot dunyosiga taʼsir etadi. Abadiy muzloq yer esa yer-qurilish ishlarini qiyinlashtiradi[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Abadiy muzloq yer" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil