Koʻpik — strukturalangan dispers sistemalar; bir-biridan yupqa suyuq dispers muhit pardasi bilan ajralgan gaz pufakchalari toʻplamidan iborat. K. mexaniq dispergirlashda (chayqatish va boshqalarda), kimyoviy reaksiyalar natijasida (mas, sodaning suvdagi eritmasi kislota bilan oʻzaro taʼsirlashganda) va boshqalarda hosil boʻladi. Uncha qovushqoq boʻlmagan toza suyuqliklar koʻpiklanmaydi. K. hosil qilish uchun suyuqlikka ozroq K. hosil qiluvchi qoʻshimchalar (spirt, sovun, sirt faol moddalar, oqsil moddalari va boshqalar) qoʻshiladi. K. hosil qilish sergʻovak plastmassa, beton, shisha va boshqa qurilish materiallari olishda, oziq-ovqat sanoatida (yetmak, koʻpirtirilgan tuxum oqi va boshqalar) zaruriy bosqich hisoblanadi. Uglerod (P)-oksidli turgʻun K. oʻt oʻchirish vositasi sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil