Aleksandr Koʻprin
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Aleksandr Ivanovich Koʻprin [1870.26.8(7.9), Varovchat shahri — 1938.25.8, Leningrad] — rus yozuvchisi. Dastlabki asarlarida kambagʻallar hayotini, kishilarning ogʻir turmush tarzini realistik tasvirlagan ("Ofat" qissasi, 1896). Ijodida ijtimoiy-tanqidiy kayfiyatlarning kuchayishi "Yakkama-yakka olishuv" (1905), "Oʻra" (1909—15) qissalarida aks etgan. Nafis ifodalangan obrazlarning xilma-xilligi, lirik holatlari "Olesya" (1898), "Gambrinus" (1907), "Yoqut koʻzli bilagoʻzuk" (1911) kabi qissa va hikoyalarida mujassamlashgan. "Listrigonlar" ocherklar turku mi (1907— 11) bor. 1919—37 yillarda muhojirlikda (asosan, Parijda) yashab, "Yunkerdar" (1928-32), "Janeta" (193233) qissalarini, bir qancha ocherk va hikoyalarni yaratdi. Ularning koʻpchiligi esdaliklar asosida yozilgan. Uning koʻpgiva asarlari boʻyicha ssenariylar yozilib, ekranlashtirilgan. Asarlari chet tillarga, shu jumladan, oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan.[4]
Aleksandr Koʻprin | |
---|---|
Tavalludi | 26 avgust (7-sentyabr) 1870 |
Vafoti | 25-avgust 1938[1][2][3] |
Ijod qilgan tillari | Rus tili[2] |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Manbalar
tahrir- ↑ // (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |