Abdusaid Koʻchimov
(Koʻchimov, Abdusaiddan yoʻnaltirildi)
Abdusaid Koʻchimov — shoir, adib. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.
Abdusaid Koʻchimov | |
---|---|
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi | |
Mansab davri 1997-yil – 2005-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Oʻtkir Sultonov Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Ganja Yoqubov |
Vorisi | Alisher Xoʻjayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
15-may 1951-yil Samarqand |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir- Abdusaid Koʻchimov 1951-yil 15-mayda Samarqandning Urgut tumanida tugilgan. Tumandagi 37-maktabni (1967), Toshkent pedagogika institutini oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1968-1972).
- Mehnat faoliyatini „Lenin uchquni“ gazetasida ishlashdan boshlahgan.
- 1984-1991-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida maʼsul kotib, „Lenin uchquni “da bosh muharrir boʻldi.
- 1991-1997-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida boʻlim mudiri, Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida rais oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida axborot markazi rahbari vazifalarida faoliyat koʻrsatdi.
- 1997-2005-yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi Raisi.
- 2017-yildan Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori vazifasini bajarmoqda.[1]
Ijodi
tahrirIlk kitobi- „Kashfiyotchi bolalar“ 1975-yilda chop etildi. Shundan soʻng uning „Halqa“, „Qiyofa“, „Mening yulduzim“, „Umid daraxtlari“, „Chanoq“, „Ikki bahor“ kabi sheʼriy va nasriy kitoblari nashr qilindi. „Baland tog’lar“ (2002)saylanma kitobiga yozuvchining qissalari, dostonlari, sheʼrlari kiritilgan. Abdusaid Koʻchimov Halqaro YUNESKO mukofoti, Gʻafur Gʻulom nomidagi mukofoti bilan taqdirlangan. Abdusaid Koʻchimov tomonidan bolalar hayoti muammolari badiiy tahlil qilinadi. 4 tomli yangi kitobi nashrdan chiqqan[manba kerak]
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzA — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, 2019-09-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-09-02
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 5 (yordam)