Koʻchirma gap
Koʻchirma gap — ogʻzaki va yozma nutqda leksik va grammatik xususiyatlari oʻzgartirilmay, aynan oʻzicha berilgan oʻzganing gapi. Koʻchirma gapda oʻzga gapining asosiy mazmuni aks etadi, muallif gapida esa Koʻchirma gap kimga tegishli ekanligi, unga xos xususiyat, qanday maqsad va tarzda aytilgani va boshqa qoʻshimcha tavsifiy maʼlumotlar beriladi. Koʻchirma gap muallif gapidan avval („Kuch haqiqatda“, — dedi Sohibqiron), uning oʻrtasida (Sunboʻla sapchib oʻrnidan turdi-da: „Hayriyat, tushim ekan“, — dedi hansirab) yoki undan keyin (Otam gapni shartta kesdilar: „Bugoʻngi ishni ertaga qoʻyma“) keladi. Koʻchirma gap muallif gapidan tinish belgilari yordamida ajratiladi. Koʻchirma gap badiiy asarda nutqning taʼsirchanligi, ifodaliligini oshiradi, asar qahramoni xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi. Oʻzganing gapi har doim aynan, koʻchirma gap tarzida berilavermaydi (qarang Oʻzlashtirma gap).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |