Koʻhiston
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koʻhiston (fors. — togʻlar oʻlkasi) — Afgʻonistondagi Panjsher — Kobul daryolari xavzasida joylashgan tarixiy viloyat. Asosan, tojiklar, xazoralar, afgʻonlar va boshqa yashaydi. Qadimda K.dan Hindiston va Xitoyga boruvchi karvon yoʻli oʻtgan. K. oʻzining kumush konlari bilan mashhur boʻlgan; oʻrta asrlarda yarim mustaqil mahalliy xonlar tomonidan boshqarilgan. K. aholisi istilochilarga (arablar, moʻgʻullar) qarshi faol kurashgan. Ingliz-afgʻon urushi (1838— 42) davrida K.lik qoʻzgʻolonchilar Parvon (1840) va Chorikor (1841) yonida ingliz qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratishgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |