Koʻk gumbaz masjidi — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi meʼmoriy yodgorlik (XVI asr)[1]. Masjid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[2].

Koʻk gumbaz masjidi

Koʻk gumbaz masjidi (2023-yil)
Umumiy maʼlumot
Turi Masjid
Shahar Qarshi
Mamlakat O‘zbekiston
Qurilishi tugagan 999-yil (1590—1591)
Koʻk gumbaz masjidi (Qarshi)

Tarixi

tahrir

XVI asr oxirlarida Abdullaxon II (1557—1598) hukmdorligi davrida qurilgan. Masjid peshtoqida Abdullaxon II nomi va hijriy 999-yil (1590—1591) deb yozilgan. 1953-yildan boshlab „Koʻk gumbaz“ juma namozlarini oʻqish uchun jome masjid sifatida yana faoliyat koʻrsata boshladi. Koʻk gumbaz masjidining gumbazi moviy koshinlar bilan qoplangani uchun xalq orasida „Koʻk gumbaz“ nomini oldi. Masjidning koʻk qoplamali tashqi gumbazi 1898-yildagi zilziladan qattiq shikastlangan va qulab tushgan. Masjid turli yillarda bir necha marta taʼmirlangan, jumladan, 1957-yil, 1971-yil, 1975-yillarda qisman va 1982-yilda toʻliq taʼmirdan chiqarildi. 1967-yilda masjid gumbazi shahrisabzlik usta Hamdam tomonidan tiklandi. 1982-yilda samarqandlik usta — naqqosh Nusratillo Asadov tomonidan gumbaz tepasiga koʻk sirli koshin bilan Qur’onning „Mulk“ surasidan oyatlar nozik did bilan yozildi va oltin rangli qubba oʻrnatildi[3]. 1996-yilda Amir Temurping 660 yilligi nishonlanishi munosabati bilap Qarshi shahridagi boshqa tarixiy obidalar qatorida Koʻk gumbaz masjidida ham qurilish va taʼmirlash ishlari oʻtkazildi. 2005—2006-yillarda Koʻk gumbaz meʼmoriy majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni va hukumat qaroriga muvofiq qayta taʼmirlandi va hozirgi koʻrinishga ega boʻldi. XX asrning 20-yillarida Eshon Porsoxon, Eshon Ahmadxon, 1930—1940-yillarda samarqandlik Nu’monxon qori, 1956—1968-yillarda qoʻqonlik Neʼmatxon Turdimatov, 1968—1974-yillarda namanganlik xoji Akmalxon Otaxonov faoliyat olib borgan boʻlsa, 1975-yildan noma‘lum muddatgacha xoji Ismoil Rayhonov va hozirgi kunda Rahmatullo Usmonov imom-xatiblik qilib kelmoqda.

Arxitekturasi

tahrir

Koʻk Gumbaz masjidi jomeʼsi oʻrtada murabbaʼ shaklida qurilgan baland gumbazli zal va ikki yonidagi qator tushgan binolardan iborat. Binolarning umumiy uzunligi 25-38 metrni tashkil etgan. Qanotlardagi imoratlarning eni ikki xil edi. Shimoli gʻarbiy tarafdagi 14 metr, janubi sharqiy tomondagi esa 14,6 metr boʻlgan. Bino asosan, 26x26x5 va 28x28x6 santimetrli chor gʻishtlar bilan qurilgan.

Masjid markazida rejaga muvofiq asosiy xonaqoh tarhi boʻlib u 8 metr kvadrat shaklda boʻlgan, balandligi 14 metrni tashkil etgan. Qanot qismlarining har biri ikki qator boʻlib tushgan toʻrt xonadan tashkil topgan. Xonalar tepasi gumbazlar bilan yopilgan. Binoning yuza va yon tomonlaridagi xonalarning oldi uz vaqtida ayvon singari ochiq boʻlgan. Xonalar oʻz navbatida, bir-biriga ravoqli boʻshliqlar orqali ochiladigan qilib qurilgan. Asosiy xonaning qibla tomonidagi devorida mehrob, yonida esa pogonali minbar mavjud boʻlgan. Mehrob eniga ancha chuqur ishlangani uchun bino orqasidagi devor bir oz kengaygan.

Galereya

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Poyon Ravshanov. Qarshi tarixi, Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 — 647-bet. ISBN 5-633-01899-0. 

Manbalar

tahrir