Koʻkaldosh masjidi
Koʻkaldosh masjidi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur masjid Buxoro xonligida hukronlik qilgan shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida 1585—1586-yillarda bunyod etilgan. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Koʻkaldosh masjidi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Koʻkaldosh masjidi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | masjid |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | 1585—1586-yillar |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Tarixi
tahrirKoʻkaldosh masjidi XVI asrda shayboniylar sulolasi davrida bunyod etilgan. Mazkur masjid Oʻrta Osiyo meʼmorchilik uslubida, pishiq gʻishtdan qurilgan. Masjid ichkari tomonining oʻrtasida gʻisht ustunli gumbazli bino mavjud boʻlib, bezaklari bilan ajralib turadi. Koʻkaldosh masjidi sharq va shimol tomonlarida yogʻoch ustunli ayvon boʻlgan. Hozirgi kunda bu ayvonlar saqlanib qolmagan. Masjid gʻisht devor bilan oʻralgan boʻlib, masjid hovlisiga kirish qismi gumbazli darvozaxonadan iborat boʻlgan. Masjid darvozaxonasining ustida esa azonchixona (muazzinxona) mavjud boʻlgan. Vaqf hujjatlaridagi maʼlumotlariga koʻra mazkur masjid, shayboniy Abdullaxon II davrida uning koʻkaldoshi Qulbobo Koʻkaldosh tomonidan 1585—1586-yillarda bunyod etilgan[1]. Masjid qarshisida mangʻitlar sulolasi davrida 1897-yilda Mirzo Hamdam madrasasi qurilgan. 1920-yil qizil armiyaning Buxoroga bosqinidan soʻng, bir qancha vaqt shahar majmuasining ombori sifatida foydalanilgan[2]. Masjidning ahvoli ayanchli boʻlib, baʼzi joylarida taʼmirlash ishlari olib borilgan. Masjidning hozirgi kunda baʼzi bezaklari saqlanib qolgan boʻlib, kitoba bitik mavjud. Ushbu kitoba bitikda „Tayyiba“ kalimasi keltirilgan. Bundan tashqari masjidning kirish qismi saqlanib qolgan devorida naqshinkor bezaklar saqlanib qolgan.
Meʼmorchiligi
tahrirKoʻkaldosh masjidi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Masjid pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Hozirgi kunda masjid taʼmir talab ahvolga kelib qolgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Cухарева 1976, s. 183.
- ↑ Кўкалдош масжиди
Adabiyotlar
tahrirIlmiy adabiyotlar
tahrir- Сухарева О.А. Квартальная община позднефеодального города Бухары (в связи с историей кварталов). Москва: Наука, 1976 — 370-bet.
Havolalar
tahrir- rusrav.uz. „Кўкалдош масжиди“. Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.