Xargiza, koʻkoʻt (Poterium ployqamum Xargiza K.) – raʼnodoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik. Boʻyi 40-80 sm. Ildizi oʻq ildiz. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida uchraydi. Yoʻl, dala, ariq yoqalarida va bogʻlarda, shuningdek, togʻ vodiylari va yon bagʻirlarida oʻsadi. May – iyunda gullab, iyulda meva tugadi. Ekinzorlarda begona oʻt sifatida uchraydi.