Koʻksaroysoy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koʻksaroysoy — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi soy. Oqtogʻ tizmasining yon bagʻridagi (1650 m) buloqlardan boshlanadi Oʻz. 45 km, havzasining maydoni 288 km². Yuqori qismida Takaboysoy, Darasoy, Sharloqsoy, oʻrta qismida Koʻrasoy deb ataladi. Yongʻoqlisoy irmogʻi kelib qoʻshilgach (Chinor qishlogʻi yaqinida), K. nomini oladi. Zarafshon daryosiga yetmasdan Xoʻjakoʻl qishlogʻi yonida tugaydi. K. yon bagʻirlari yotiq va baland boʻlmagan ancha keng vodiyda sayoz va toshloq oʻzanda oqadi. Kattaqishloq va Terpoya qishloqlari oraligʻida K. tor dara hosil qilib Qoratogʻ tizmasini kesib oʻtadi. Soʻng uning vodiysi yana kengaya boradi. Havzasi yogʻin kam yogʻadigan pastak togʻlarda boʻlganidan K. kamsuv. Yillik oʻrtacha suv sarfi 1 m³/sek. Asosan, yomgʻir va buloqdardan toʻyinadi. Mart—may oylarida 4–6 m³/ sek, qolgan vaqtlarda 0,6–08 m³/sek suv oqadi. K. vodiysida 1000 ga dan ortiqroq sugʻoriladigan yer bor. K. vodiysi boʻylab Sharloq, Chinor, Kattaqishloq, Terpoya, Xoʻjalar, Podagaron, Choshtepa va Baxrin kabi qishloqlar joylashgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |