Koʻp goʻsht yeyapmiz
„Koʻp goʻsht yeyapmiz“ — OʻzLiDeP yetakchisi, Oʻzbekiston fermerlar, dehqon xoʻjaliklari va yer egalari kengashining raisi Aktam Hayitov tomonidan aytilgan hamda keng muhokamaga sabab boʻlgan jumla[1].
Tarixi
tahrir2019-yilning 10-sentabr kuni Aktam Hayitov Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida jurnalistlarning goʻsht narxi nega qimmatlashayotgani haqidagi savoliga „Biz juda ko‘p go‘sht yeyapmiz“ qabilida javob bergan[2]:
Go‘sht narxi nega qimmatlab ketyapti deb o‘ylaysizlar? To‘g‘ri, ozuqa yetishmasligi birinchi sabab, ikkinchidan, bugun biz juda ko‘p go‘sht isteʼmol qilyapmiz. Shunchalik ko‘p go‘sht yemoqdamizki, buning natijasida ko‘pgina kasalliklar paydo bo‘lyapti...
— Aktam Hayitov, [3]
Manbalar
tahrir- ↑ „«Biz juda ko‘p go‘sht yemoqdamiz» - Aktam Xayitov go‘sht narxi oshib ketayotgani sababi haqida“. kun.uz. Qaraldi: 30-mart 2023-yil.
- ↑ „“Biz juda ko‘p go‘sht yeyapmiz”. O‘zbekiston fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitov go‘sht narxi oshishiga izoh berdi“. daryo.uz. Qaraldi: 30-mart 2023-yil.
- ↑ https://kun.uz/uz/news/2021/07/13/qanotli-sozlari-bilan-mashhurlikka-erishgan-mansabdorlar