Koʻr muzikachi
„Koʻr muzikachi“ (ruscha: Слепой музыкант) — rus va ukrain yozuvchisi Vladimir Korolenko qalamiga mansub qissa[1]. Ilk bor 1886-yil chop etilgan. 1898-yil kitob oltinchi bor nashr etilganidan keyingina Korolenko asar matnini tahrir qilishdan to‘xtadi[2].
Asl nomi | Слепой музыкант |
---|---|
Muallif(lar) | Vladimir Korolenko |
Tarjimon(lar) | Tojiboy Qosimov |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | qissa |
Nashr etilgan sanasi | 1886 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1981 |
Sahifalar soni | 144 |
Qissada onadan koʻzi ojiz boʻlib tugʻilgan isteʼdodli bola haqida hikoya qilinadi. Asarni oʻzbek tiliga Tojiboy Qosimov tarjima qilgan.
Syujeti
tahrirUkraina janubi-gʻarbida qishloqda yashovchi boy pomeshchiklar uyida koʻr bola tugʻiladi. Unga Pyotr ismini berishadi. Bolaning onasi hamda togʻasi Maksim bolakayga ovozlar maʼnosini va jismlarni ushlab aniqlashni oʻrgatadilar.
Pyotrda Evelinadan boshqa doʻsti boʻlmaydi. Ulgʻaygach ikkisining doʻstligi yanada kuchayadi. Pyotr Evelinaga uylanadi, juftlik oʻgʻil koʻradi. Otasi oʻgʻli ham koʻri boʻlishidan qoʻrqadi. Ammo bolasi soppa-sogʻ boʻladi.
Oradan uch yil oʻtib Pyotr musiqiy isteʼdodi tufdayli nom chiqaradi. Kiyevda koʻplab odam koʻr muzikachi ijrosini eshitish uchun toʻplanadi. Maksim Pyotr hayotni toʻliq his qilganiga amin boʻladi, bunga oʻz hissasini qoʻshganidan suyunadi.
Qahramonlari
tahrir- Pyotr – koʻr muzikachi
- Maksim – Pyotrning togʻasi
- Evelina – Pyotrning rafiqasi
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrirAsarni oʻzbek tiliga Korolenkoning 1953-yil „Pravda“ nashriyoti chop etgan „Asarlar“ toʻplamidan Tojiboy Qosimov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1981-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: D. Bekilova – muharrir, A. Vizel – rassom, A. Gʻulomov – rasmlar muharriri, L. Burkina – texnik muharrir, M. Yunusova – musahhih. Kitob adadi – 75 000 nusxa. Shuningdek, qissa „Chinovnikning oʻlimi. Koʻr muzikachi“ toʻplamiga ham kiritilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „"Ko'r muzikachi" • Kutubxonachi.uz“. kutubxonachi.uz. Qaraldi: 2024-yil 14-mart.
- ↑ Selivanova, S. Commentaries to The Blind Musician. The Selected Works by V.G. Korolenko. Moscow, Pravda Publishers, pp. 328-329