Koʻrak terish mashinasi - paxta terib olinganidan soʻng gʻoʻzapoyalarda qrlgan yopiq va yarim ochiq koʻraqlarni, chanoqlarda qolib ketgan, osilib turgan paxtalarni yigʻishtirib oladigan, lozim boʻlganda ularni qisman tozalab beradigan yarim oʻrnatma qishloq xoʻjaligi mashinasi. Oʻzbekistonda "Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding" kompaniyasi qator oralari 60 va 90 sm boʻlgan dalalarda qoʻllaniladigan SKO2,4 va SKO-3,6 rusumli mashina ishlab chiqaradi. Koʻrak terish mashinasi m.ning asosiy ish qismlari rama, unga oʻrnatilgan toʻrtta terish apparati (valiklar, nov, shneklar), koʻndalang shnek, qirgʻichli transportyor, tozalagich, ventilyator, bunker, koʻtarish mexanizmi va transmissiyadan iborat. Koʻrak terish mashinasi m. 40 — 70 kVt quvvatli traktorlar bilan agregatlanadi. Koʻrak terish mashinasi m. qator oralaridan harakatlanganda yoʻnaltirgich 7toʻrt qatordagi gʻoʻza tuplarini terish apparati / ning ish tirqishiga yoʻvaltiradi. Koʻrak va paxta qoldiklari boʻlgan chanoqlarni qaramaqarshi aylanadigan riflli (taram-taram oʻyiqli) valiklar yulib olib boʻylama shneklar 10 ning novi 9 ga tashlaydi. Soʻngra bu massa koʻndalang shnek 2 ga keladi, u esa vertikal transportyor Z ga oʻzatiladi. Transportyor aralashmani tozalagich 4 ning boʻgʻziga tashlaydi. Tozalagich koʻsaqlarning holatiga qarab uch xil texnologik sxemaga moslab ishlatilishi mumkin. 1sida terilgan koʻsaqlarni chuvib, xas-choʻplardan tozalaydi; 2da terilgan xom koʻsaqlarni faqat chaqadi; 3da terilgan koʻsaqlarni (namligi 30% dan ortiq boʻlganda) chaqmasdan va tozalamasdan bunkerga oʻzatadi. 1 -texnologik sxemada aralashmalar tozalagichning boʻgʻizidan oʻtib, chaqish barabanining tishli sirtiga toʻshadi. Baraban tishlari aralashmani dekaning tishli sirtiga ishqalab koʻsaqlarni chaqadi, chuviydi va mayda xas-choʻplardan tozalaydi. Undan arrali katta barabanga tashlanadi. Bu yerda paxta va chiqindilar ajraladi. Paxta arrali baraban tishlariga ilinib choʻtkali barabanga yoʻnaladi, chiqindilar esa pastga toʻkiladi. Chiqindilardan qolgan paxtalarni esa ikkita kichik arrali barabandan ajratib olib shnekka tashlaydi. Shnekdan ventilyator 5 bilan soʻrib olinib mashinaning bunkeri 6 ga tashlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil