Koʻrinmas qoʻl
Koʻrinmas qoʻl (inglizcha: invisible hand) – Adam Smith asarlari chop etilgandan soʻng mashhurlikka erishgan metafora. Ilk marotaba u „Astronomiya tarixi“ nomli esseda paydo boʻlgan. Ushbu asar muallif hayotlik chogʻida nashr etilmagan, ushbu metafora esa iqtisodda ishlatilmagan (gap qadimgi Rim xudosi Yupiterning qoʻli haqida boʻlgan[1]). Ushbu termin „Millatlarning boyligi tabiati va sabablari haqida izlanish“ asarida ilk marotaba individual shaxslarning oʻz manfaatlari uchun xalq boyligini oshirish taklifi orqali ommaga taʼsir koʻrsatishiga nisbatan ishlatilgan.
Terminning paydo boʻlishi
tahrir„Koʻrinmas qoʻl“ metaforasi asosini tashkil qiluvchi xaotik tizimlarning tasodifiy tartiblanishi gʻoyasini XVII asrda ijod qilgan Petty va Lock asarlarida uchratishimiz mumkin. Shotlandiyalik faylasuflardan biri Adam Smith oʻz asarlarining asosiy mavzusi sifatida individual shaxslar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar uni amalga oshirgan shaxsning maqsadi boʻlmagan holda jamiyat uchun ijobiy oʻzgarishlar olib kelishi mumkin degan gʻoyani ilgari surgan.
Ilk marotaba koʻrinmas qoʻl termini aynan ushbu maʼnoda Adam Smithning „Axloqiy hissiyotlar nazariyasi“ asarida ishlatiladi:
Koʻrinishidan qandaydir koʻrinmas qoʻl ularni shunday harakat qilishga undaydi. Buning natijasida boylar oʻzlari ham bilmagan holda kambagʻal odamlar manfaati uchun harakat qiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Kennedy G. Adam Smith and the invisible hand: from metaphor to myth (Wayback Machine saytida 2024-03-26 sanasida arxivlangan) // Econ Journal Watch. 2009. vol. 6(2), pages 239—263
Havolalar
tahrir- Xudo va bozor. Adam Smithning koʻrinmas qoʻli // Xristianskoye chteniye. 2015. – № 1. – S. 181—206.
- Antipov G. A. Adam Smithning koʻrinmaas qoʻli va jamiyatning paydo boʻlishi toʻgʻrisida // Epistemologiya i filosofiya nauki. 2017. – T. 51. – № 1. – 138—152-b.