Koʻtargich — yuk va odamlarni vertikal (baʼzan qiya) yunaltirgich yoki relyelar buyicha harakatlanadigan maxsus qurilmalarda koʻtaruvchi mashina. Davriy va uzluksiz ishlaydigan xillari bor. K.lar, odatda, elektr yoki gidravlik yuritmali; kanatli, zanjirli, reykali, vintli va plunjerli boʻladi. Asosan, qavatli K. keng qoʻllanadi. Boʻlarda yuk tashish qurilmalari shkivlarga kiygizilgan yoki koʻtarish chigʻirlarining barabaniga oʻralgan qavatlarga osiladi. K.ga lift, eskalator, funikulyor, qurilish K.lari (minorali, shaxtali va boshqalar), pnevmatik K.lar (gazlift), avtomobil-vishkadagi K.lar, kema K.lar va boshqa kiradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil