Koʻz yoshi
Koʻz yoshi — koʻz yoshi bezida ishlanib chiqadigan suvga oʻxshash tiniq suyuqlik. Koʻz yoshida 98,2% suv va 0,8% mineral moddalar, 0,1% oqsil va boshqa moddalar bor. Ajralib chiqqan Koʻz yoshi qovoqlar yumilganda koʻzning butun yuzasini bir tekis namlaydi, qolgan qismi yosh kanalchalari, yosh xaltachasi va yosh-burun kanali orqali burun boʻshligʻiga oʻtadi. Koʻz yoshi mugoʻz pardani qurib qolishdan saqlash bilan birga, uning tiniq turishiga ham yordam beradi. Baʼzan qovoqlardagi yot jismlarni yuvib ketadi. Bundan tashqari, yoshdagi lizotsim fermenti mikroblarni oʻldirib, koʻzni turli kasalliklardan saqlashda muhim rol oʻynaydi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |