Koʻzga oq tushishi, leykoma -koʻz muguz (shox) pardasining xiralashuvi; odatda, parda shikastlanganda yoki unda yalligʻlanish, yaralanish jarayoni paydo boʻlganda kuzatiladi. Baʼzan tugʻma boʻlishi ham mumkin. Xiralashuvning jadalligiga koʻra, Koʻzga oq tushishit.ning bir necha xili ajratiladi: bilinar-bilinmas xiralashuv, "dogʻ" koʻrinishida va, nihoyat butunlay oq tushib qolishi. Mugoʻz parda markazi qorachiq roʻparasida xiralashgan boʻlsa, koʻrish quvvati pasayib, bora-bora koʻz koʻr boʻlib qolishi mumkin. Koʻzga oq tushib mugoʻz parda teshilgan boʻlsa, oq chuqurroqdagi toʻqimalarga, koʻpincha rangdor pardaga oʻtib ketadi, bu koʻz ichi bosimining oshishi (ikkilamchi glaukoma)ga sabab boʻladi. Davosi: keratoplastika — jarrohlik usuli qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil