Koʻkcha Oqtepasi
(Ko‘kcha Oqtepasidan yoʻnaltirildi)
Koʻkcha Oqtepasi — arxeologik yodgorlik (6—11-asrlar). Toshkentning jan.-gʻarbiy qismida, Kukcha arigʻi boʻyida joylashgan. 1927 i. N.G.Mallitskiy tomonidan qayd etilgan. 1968-yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi tekshirgan. Qoʻrgʻonning balandligi 5 m ga yaqin boʻlgan. Undan 6—8-asrlarga mansub turli xil sopol idishlar, sopol ostadon topilgan. Tepalikning doʻng qismi ostidan xom gʻisht va paxsadan barpo qilingan imorat qoldiqlari kavlab ochilgan. K.O.da hayot 10— 11-asr largacha davom etganligi aniqlangan. Hozir tekislab tashlangan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |