Ko‘krak ichi churralari — koʻkrak qafasi sohasida hosil bo'lgan patologik holatga aytiladi. Ko‘krak ichi churralarining ikki shakli mavjud.

  1. Kantrell pentadasida diafragmaning ko‘krak ichi bo‘limi va yurak yonidagi qopchiqda qorin usti diastazi yoki kindik ichakchasi churrasi bilan birlashadigan tug‘ma nuqson bo‘ladi. Ko‘pincha bunda ko‘krak suyagining sirtqi qismi qisqa yoki tirqish, shuningdek, yurak nuqsonlari, odatda, qorinchalararo to‘siq nuqsoni, Fallo tetradasi yoki chap qorinchadan chiqadigan miokard noaniq o‘simtasi kuzatiladi.
  2. Ko‘krak ichi churraning ikkinchi turi ko‘krak oldi yoki Morgan teshigi orqali churra nomiga ega Bu holatda, churrali bo‘rtish orasidan tomirlar (epigastric/internal mammary) o‘tadigan kichik teshikni meʼyorda ko‘rsatuvchi ko‘krak va qovurg‘a diafragmasining chetlari orasidagi tirqish orqali sodir bo‘ladi.
Ko‘krak ichi churralari
Jarrohlik kasalligi

Patogenzi

tahrir

Bu churralar bir, shuningdek, ikki tomonli bo‘lishi mumkin. Pentada churrasidan farqli o‘laroq ko‘krak oldi bo‘rtishda churra qopi mavjud. Ko‘krak ichi churralarning bu ko‘rinishining ko‘pchilik holatlari ortiqcha vaznga yoki anamnezda jarohatga ega kattalarda taʼriflangan. Yog‘li to‘qima kichik diafragmal nuqsonni „ochgan“ va keyinchalik jigar va ichakni kiritish uchun yo‘l ochgan holda, nuqsonga suqilishi mumkin. Ko‘pchilik kattalarda kechishi simptomsiz va odatda, tashxis ko‘krak qafasining boshqa sabablar bo‘yicha rentgenogrammasida tasodifan aniqlanadi[1].

Gallereya

tahrir

Klinikasi

tahrir

Bolalarda ko‘krak oldi churralar tug‘ma orqa lateral diafragmali churralarning 20 tadan 1 ta chastotasida uchraydi va uning kattalarda kechishidagi farqi, odatda, yo‘tal, bo‘g‘ilish, qusish va epigastral sohada yoqimsiz tuyg‘ular qo‘zg‘agan holda klinik ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Ko‘pincha anomaliyalarning turli birlashmalari, ayniqsa, yurakning tug‘ma nuqsonlari va Daun sindromi kuzatiladi. O‘ng tomon chap tomonga qaraganda 5 marta ko‘p zararlanadi. Churraning tarkibiga (kamayuvchi chastota tartibida) jigarning bir qismi, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak, taloq va oshqozon bo‘lishi mumkin[2].

Davolash

tahrir

Operativ davolash laparatomiya (qorinni ochish), torakotomiya (ko‘krak qafasini ochish) yoki birgalikdagi torakoabdominal (ko‘krak-qursoq) kirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Katta nuqsonda uning orqasi diafragmal nervga juda yaqin joylashishi mumkin, shu bois ham bunday joylashuvda diafragmaga choklar qo‘yilganida, nervning shikastlanishidan qochish imkonini beradigan torakal kirishdan foydalangan maʼqul. Ikki tomonli churralar transabdominal (qorin ustidan) kirishni talab etadi.

Manbalar

tahrir
  1. A.S. Sulaymonov. Bolalar xirurgiyasi. Toshkent: Abu Ali Ibn Sino. ISBN 5 — 6 3 8 — 0 2 1 3 2 —9. 
  2. M.M. Aliev. Bolalar xirurgiyasi, 2018, Toshkent: YANGI NASHR — 109-111-bet. ISBN 978-9943-22-1574.