Ko‘ro‘g‘li haykali
Koʻroʻgʻli haykali (ozarbayjoncha: Koroğlu heykəli) — Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida, Azadligʻ va Vagif shoh koʻchalari chorrahasida, qahramon nomidagi bogʻda joylashgan Koʻroʻgʻli xalq eposi qahramoniga oʻrnatilgan yodgorlik. Yodgorlik 2009-yilda demontaj qilingan Prokofiy Japaridze haykali oʻrniga oʻrnatilgan[1].
Yodgorlik muallifi Ozarbayjon xalq artisti Tokay Mammadovdir. Bokuda Koʻroʻgʻli haykali oʻrnatish buyrugʻi 2009-yilda berilgan. Yodgorlikning ochilishi 2012-yil 21-fevralda boʻlib oʻtgan. Ochilish marosimida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „В Баку установлен памятник Кероглу – ФОТО“ (ru). Day.Az (2012-yil 30-yanvar). 2020-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-iyun.
- ↑ „Официальный сайт президента Азербайджанской Республики - НОВОСТИ » Мероприятия“ (ru). ru.president.az. Qaraldi: 2020-yil 19-iyun.