Kobuleti
Kobuleti (gruzincha: ქობულეთი [kʰɔbulɛtʰi]) – Gruziyaning gʻarbiy qismi boʻlgan Ajariyadagi shahar, Qora dengizning sharqiy qirgʻogʻida joylashgan. Bu Kobuleti munitsipalitetining qarorgohi va dengiz boʻyidagi kurort boʻlib, bu shaharga har yili gruzinlar va koʻplab sobiq Sovet Ittifoqi aholisi tashrif buyurishadi. Shahar ayniqsa, arman sayyohlari orasida mashhur[1][2]. Usmonlilar hukmronligi davrida ushbu shahar Churuksu nomi bilan mashhur edi[3].
Geografiyasi
tahrirShahar Gruziyaning janubi-gʻarbiy qismida, Ajara Avtonom Respublikasining shimoliy tomonida joylashgan boʻlib, shimolda Ozurgeti viloyati bilan chegaradosh. Viloyat markazi Qora dengiz sohilida joylashgan Kobuleti shahri hisoblanadi.
Kobuleti viloyati bitta munitsipalitet, ikkita tuman va oʻn yetti qishloq kengashlaridan iborat. Viloyat 48 qishloqni oʻz ichiga oladi. Viloyatda gruzinlar bilan 24 xil millat vakillari birga yashaydi. Kobuleti viloyati oʻzining mehmondoʻstligi, yumshoq subtropik iqlimi, dengiz havosi, yorqin quyoshi va iliq dengizi bilan mashhur. Dengiz atrofida joylashgan keng noyob qumli oʻzining osmonga tutashgan endemik qaragʻay daraxtlari, evkaliptlar, bambuk, sarvzor, xurmo va kakao palmalari bilan bezatilgan ajoyib manzaralari bilan ajralib turadi.
Tabiati
tahrirKintrishi va Tikeri qoʻriqxonalari oʻzining biologik xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ispan botqogʻida noyob florani topish mumkin.
Viloyat atrofidagi hudud turli xil tuproqlarga ega: dengiz qirgʻogʻi pasttekisligi torfli tuproqlarga boy. Togʻli hududlarda esa alp togʻ jinslari, tepaliklarda qizil tuproq uchraydi. Togʻli hudud subtropik turlar uchun yaxshi.
Kobuletida bir nechta daryolar bor. Eng muhimlari: Kintrishi daryosi, Chakvistskali, Acharistskali, Ochxamuri, Achkva va Dexva daryolari .
Kintrishi himoyalangan landshafti va Kobuleti boshqariladigan qoʻriqxonasi Kobuletida joylashgan.
Shuningdek qarang:
tahrirManbalar
tahrir- ↑ German, Tracey. Regional Cooperation in the South Caucasus: Good Neighbours Or Distant Relatives?. Routledge, 2016 — 42-bet. ISBN 9781317069133. „...the Georgian Black Sea resort of Kobuleti, which is very popular with Armenian tourists...“
- ↑ „Thousands Of Armenians Evacuated From Georgia“. Radio Free Europe/Radio Liberty (2008-yil 11-avgust). „Batumi and Kobuleti have in recent years become one of the most popular destinations for Armenian holidaymakers.“.
- ↑ https://dergipark.org.tr/tr/download/article-file/188259 Çürüksu Kazası (District of Çürüksu) Kodaman, B and İpek, N. (1992), On Dokuz Mayıs University Education Faculty Journal, Vol. 7, No. 1, 103-124