Leonid Kogan
(Kogan Leonid Borisovichdan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Leonid Borisovich Kogan (1924.14.11, hozirgi Dnepropetrovsk — 1982, Moskva) — zamonaviy skripka ijrochilik maktabining yirik namoyandasi. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1948). Moskva filarmoniyasida yakkaxon sozanda (1944-yildan), Moskva konservatoriyasining oʻqituvchisi (1952-yildan), professor (1963-yildan), kafedra mudiri (1969-yildan). Romantik yoʻnalishdagi, koʻpqirrali va rang-barang ijro uslubi oʻzining koʻtarinki ruhi, teran falsafiy mazmundorligi, badiiy fikrlash qamrovi kengligi, ulugʻvorligi va, ayni paytda, nozikligi, kuychanligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan mumtoz va 20-asr kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. 1951-yildan boshlab jahon boʻylab gastrolda boʻlgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |